LG Electronics (LG) kompaniyasining LG CineBeam 4K UHD (model HU810P) yangi lazer proyektori tomoşabinlar öz uylarida turib özlarini kinoteatrda ötirganday his qilişlari uçun yaratilgan.
LG proyektorlari qatoridagi yuqori pikselli bu innovatsion model nafaqat kino ixlosmandlari, balki asosiy vaqtlarini uyda ötkazişni xuş köruvçi oilalar uçun ham öziga xos funksiyalarga ega texnologiya sifatida taqdim etiladi.
Tasvirdagi kinematografik sifatni yanada töldirgan holda proyektor oqimli kontent taqdim etuvçi ommabop ilovalar orqali striming servislardagi filmlarni qulay va oson tomoşa qiliş imkoniyatini beradi.
LG CineBeam 4K UHD lazer proyektori 4K (3840 x 2160) ölçamli, diagonali 300 dyuymgaça bölgan, 2700 ANSI-lyumenli hayratlanarli yorqinlikdagi, DCI-P3 maydonidagi yoruğlik maydonining 97 foizini qamrab oluvçi ajoyib tasvirdan rohatlaniş imkoniyatini yaratadi. Lazer proyektordagi yoruğlik manbasi işonçli va uzoq vaqtga çidamli bölib, 20 000 soatgaça xizmat qiladi.
Xonada kuçli yoruğlik yoki televizor ekranida qoronğu sahnalar bölişidan qat'i nazar proyektor yangi LG Adaptive Picture Pro texnologiyasi yordamida yorqin va jilvakor tasvirlar hosil qiladi.
Diafragma rejimi foydalanuvçiga oldindan örnatilgan ikki xil tanlov – yoruğ va qoronğu xonalar tanlovini beradi. Bu xonadagi yoruğlik kuçiga köra eng sifatli tasvirni va kinoteatr muhitini yaratiş imkonini yaratadi.
Adaptive Contrast tizimi har bir kadr eng muvofiq darajada jilolanişini avtomatik tarzda boşqarib boradi.
Real Cinema va TruMotion rejimlari tufayli yangi LG CineBeam filmlarni aynan rejisserlar tomoşabinga qanday taqdim etişni rejalaştirgani kabi taqdim etadi va bunda 24 Gs çastotasiga muvofiq keluvçi kadrlar çastotasini boşqariş muhim ahamiyatga ega.
LG taqdim etuvçi TruMotion tizimi ayniqsa jangari filmlar tomoşa qilişda, tezkor harakatlar va hayratlantiruvçi sahnalar silliqlik bilan almaşinuvçida qöl keladi. Proyektor köplab HDR formatlarni, jumladan HDR10 va HLG, şuningdek Dynamic Tone Mapping kabilarni qöllab-quvvatlaydi.
Maksimal qulaylik yaratiş uçun LG CineBeam 4K UHD lazer proyektori WiSA va Bluetooth orqali uy kinoteatrlar audiotizimlari bilan simsiz aloqa örnatadi. Ovozni qaytariş kanaliga (eARC) ega HDMI 2.1 orqali boğlanişda 10-bitli yoruğlikda va 4K ölçamlarda ovoz butkul saqlanib qolinişiga erişiladi.














