Film sahnalari Xalqaro koinot stansiyasida suratga olinadi. Shu munosabat bilan aktyorning parvozi XKSning parvozlar ro‘yxatiga kiritilgan. Parvoz 2021 yil oktyabriga belgilangan.

Aktyor bilan birga XKSga film rejissyori Dag Layman yo‘l oladi. Ular koinot stansiyasiga Ilon Maskning Crew Dragon kemasida yetib olishadi.

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask fazoda dunyodagi birinchi filmni suratga olishi may oyida ma'lum bo‘lgandi. Ushbu loyihada NASA ham ishtirok etadi.

Jangari janrida suratga olinadigan ushbu filmning hozircha rasmiy nomi yo‘q. Uning budjeti 200 mln dollarga baholanmoqda.