Botulizm tayoqçasi anaerob, ya'ni kislorodsiz şaroitda ösadigan mikroblar oilasiga mansub. Bu mikroblar spora (qobiq) hosil qiliş xususiyatiga ega bölgani sababli taşqi muhit ta'sirlariga juda çidamli bölib, qaynatganda ham ölmaydi, 120 daraja haroratda 30 daqiqada, sporasi 20 foizli zararsizlantiruvçi formalin ta'sirida 24 soatda jonsizlanişi mumkin. Bu mikrob toksini me'da va içak şirasi ta'sirida öz kuçini yöqotmaydi, u qonga sörilib, inson organizmini zaxarlaydi. Botulizm bakteriyasi taşqi muhitda quruq şaroitda, tuproqda uzoq yillargaça saqlanadi.

Botulizm kasalligi asosan uy şaroitida tayyorlangan dudlangan baliq va göşt, sabzavot va meva konservalarini iste'mol qiliş oqibatida kelib çiqadi. Aholi örtasida botulizm bilan xastalaniş asosan noyabr oyidan boşlanib, may oyigaça, ya'ni uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste'mol qiliş davrida qayd etiladi. Botulizm bilan kasallaniş hollari tahlil qilinganda, asosan uy şaroitida tayyorlangan marinadlangan bodring, pomidor, patisson, qalampir, qöziqorin, karam konservalari, baqlajon ikrasi va dudlangan baliq kabi mahsulotlarni iste'mol qiliş kasallik kelib çiqişiga sababçi bölayotganligini körsatmoqda.

Kasallikning klinik belgilari tösatdan boşlanib, bemorlar xastalik boşlangan vaqtini aksariyat hollarda aniq aytadilar. Botulizm holsizlaniş, boş oğriği, oğiz qurişi bilan boşlanadi. Ba'zida köngil aynişi, qayt qiliş, boş aylanişi va 1-2 marotaba içning suyuq ketişi kabi kasallik belgilari qisqa vaqt kuzatiladi. Bundan taşqari, töş suyagi ortida oğriq kuzatilib, tez-tez kekiriş paydo böladi.

Şu örinda oğriq va damlaniş hollari ham uçraydi. Qayt qiliş va iç ketişi qisqa vaqt davom etib, nevrologik belgilar boşlanganidan söng odatda yöqoladi. Iç ketişi töxtab, qabziyat yuzaga keladi, me'dadan ozuqa moddasi evakuatsiyasi sekinlaşib, hatto töxtab qolişi mumkin. Köz oldida ''tuman'', ''parda'' paydo bölişi, bitta buyum ikkita bölib körinişi, köz sohasining harakati çeklanişi, qoraçiqlar kengayib, köz qovoqlarining ikki tomonlama qisilişi, yutinişning qiyinlaşuvi yoki umuman amalga oşmay qolişi, ovoz özgarib pasaya borişi va tiniqligi yöqolişi, oğir ahvollarda esa bemorning gapiga tuşunib bölmaslik kabi kasallikning nevrologik belgilari yaqqol namoyon böladi.

Botulizm bilan kasallanişning oldini oliş uçun quyidagi oddiy qoidalarga qat'iy rioya qilişni tavsiya etamiz: