Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamentining Navoiy viloyati boşqarmasi viloyatdagi inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasiga ajratilgan mablağlar maqsadli sarflanişi yuzasidan taftiş ötkazdi.

Boş prokuratura matbuot xizmatidan Kun.uz`ga ma'lum qilinişiça, taftişda juda köp miqdordagi budjet mablağlari rastrata yöli bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

«Xususan, Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyiştalik markazi mansabdor şaxslari va boşqalar oldindan til biriktirib, jamğarma tomonidan ajratilgan 5 mlrd söm mablağning bir qismini talon-toroj qiliş maqsadida, «T.» va «I-P.» MÇJdan kimyoviy dezinfeksiya vositalari hamda infeksiyaga qarşi tibbiy himoya vositalarini qimmat narxlarda xarid qilişib, jami 222,3 mln sömni rastrata qiliş yöli talon-toroj qilib, davlat budjetiga juda köp miqdorda zarar yetkazgan», – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologiya osoyiştalik markazi mansabdor şaxslari, «T.» va «I-P.» MÇJ rahbarlari
va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, şunga öxşaş holat ötgan hafta Buxoro viloyatida ham aniqlangan edi.

Departament tekşiruvida viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi boş vraçi markaz dezinfeksionisti bilan kelişgan holda unga tegişli korxonadan dezinfeksiya vositasini 1,5 barobar qimmatga sotib olgani ma'lum bölgandi. Natijada budjetga 200 mln sömdan ortiq zarar yetkazilgan.

Şuningdek, Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida «Mahalla» xayriya jamoat fondi va «Saxovat va kömak» jamğarmasining 153,2 mln sömlik xayriya mablağlarini talon-toroj qilgan şaxslarga jinoyat işi qözğatilgan.