Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qarşi şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Qaşqadaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazining sobiq rahbari Ş.Ş, viloyat DSENM (Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi) bölim boşliği R.B. mansab vakolatlarini suiiste'mol qilgani aniqlangan. Qaşqadaryo viloyati maxsus komissiyasining rasmiy kanalida xabar qilinişiça, ayni vaqtda uşbu şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, iş prokuraturaga yuborilgan.

Ma'lum qilinişiça, viloyat SEOM va DSENMning bir guruh mas'ul şaxslari, markaz hisobiga tuşişi lozim bölgan 480,1 million söm mablağlarini, markazda işlamagan fuqarolarga iş haqi hisoblab tölab borgan. Işlagan xodimlarga ortiqça iş haqi hisoblangani oqibatda 271,6 million söm davlatga zarar yetkazgan. 

Şuningdek, «gipoxlorid kalsiy» dezinfeksiya vositasi haqiqiy bahosidan 166,1 mln. söm qimmat narxlarda sotib olingan. Şu tarzda jami 917,8 million söm budjet mablağlari özlaştirilgan va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilingan.

Eslatib ötamiz, Boş prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Buxoro va Navoiy viloyatlari sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlari mansabdorlari dezinfeksiya qiliş vositalarini qimmat narxlarda xarid qiliş orqali bir neça yuz million söm davlat mablağini özlaştirganini xabar qilgan edi. Şuningdek, Namangan viloyatida 250 mln söm mablağni talon-toroj qilgan Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazi şifokorlarga jinoyat işi qözğatilgan.