«Aniqlanişiça, Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologiya osoyiştalik markazi mansabdor şaxslarining asosiy vazifasi mamlakatda koronavirus pandemiyasi sababli karantin e'lon qilinganligi munosabati bilan viloyatda sanitariya va epidemiologik osoyiştalikni ta'minlaş bölsa-da, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2020 yilgi PF-5969-sonli Farmoni asosida taşkil qilingan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi hisobidan ajratilgan mablağlarni maqsadsiz sarflagan.

Jumladan, markaz mansabdor va moddiy javobgar şaxslari jami 509 mln. 863 ming sömlik tovar moddiy boyliklarini özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilişganligi aniqlangan.

Jinoyat işining tergovi davomida markaz ombor mudiriga 27.06.2020 yilda va markaz boş vraçiga 04.07.2020 yilda Özbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoq” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda, jinoyat işi doirasida holatga aloqador boşqa şaxslarning ayblilik masalasi hal qilinmoqda», deya Özbekiston Boş prokurori matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Boş prokuratura mulozimining qöşimça qilişiça, Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologiya osoyiştalik markazining 7 nafar mansabdor va moddiy javobgar şaxslarining turarjoylarida tintuv ötkazilgan. Jumladan, markaz rahbarining xonadondan 6 dona köp tarmoqli davolaş va 1 dona taşxis qöyiş uskunalari hamda markazning 2019 yil uçun yuritilgan buyruqlarni röyxatga oliş kitobi, xöjalik mudirining xonadonidan 8 töplam infeksiyaga qarşi maxsus himoya kiyimi va 5 turdagi tibbiy himoya vositalari olingan.

Hayot Şamsuddinov jinoyat işi böyiça Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilayotganini ma'lum qildi.