Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati Xonobod şahri hokimi vafoti haqida xabar bergan.

«Bugun, 29 sentabr kuni Andijon viloyati Xonobod şahar hokimi Mamadaliyev Musajon Möminjonoviç vafot etganligi munosabati bilan Andijon viloyat hokimligi marhumning oila a'zolari va yaqin qarindoşlariga çuqur ta'ziya bildiradi», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, u ötkir yurak qon-tomir yetişmovçiligi kasalligidan vafot etgan.

Sentabr oyi örtalarida Xonobod şahri hokimi Musaxon Mamadaliyev va Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov sentabr oyi boşidan buyon işga çiqmayotgani ma'lum bölgandi. 

19 sentabr kuni Kun.uz saytida Andijon viloyatida 4ta hudud hokimi - Musaxon Mamadaliyev va Mahmudjon Bozorovdan taşqari Oltinköl tumani hokimi Nazirjon Örinboyev va Şahrixon tumani hokimi Hikmatillo Dadaxonov pnevmoniyaga çalinib davolanayotgani haqida xabar berildi.

Eslatib ötamiz, 8 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumani hokimi Ğayrat Begaliyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi. Iyul oyida esa Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonliköl tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus qurboni bölgandi.