Jahon banki kambağal va rivojlanayotgan mamlakatlarga vaksina sotib olişda yordam beradi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Manbada aytilişiça, vaksina tayyor bölib, sotuvga çiqarilgaç, Jahon banki bu loyihani amalga oşirişga kirişadi.

Reuters bilan suhbatda Jahon banki prezidenti Devid Malpass kambağal davlatlarga vaksina sotib olişda yordam beriş uçun bank tomonidan 12 milliard dollar ajratilişini aytgan. Şuningdek, taşkilot mamlakatlarning soğliqni saqlaş tizimini qöllab-quvvatlaş, işsizlarga yordam beriş loyihalariga keyingi 15 oy davomida 160 milliard dollar ajratişi közda tutilgan.

Dunyoning iqtisodiy kuçli davlatlari allaqaçon vaksina uçun pul sarflaşni boşlagan. Masalan, AQŞ mahalliy, şuningdek, Britaniya va Germaniya farmatsevtika korxonalariga bir neça million dozada vaksina yetkazib beriş uçun 3 milliard dollar ajratgan.

Jahon banki mamlakatlarga vaksina uçun pul ajratişni keyingi 12-18 oy içida amalga oşirmoqçi. Katta ehtimol bilan pullar davlatlarga yuborilmaydi va ular sotib olgan vaksina uçun işlab çiqaruvçi kompaniyalarga tölab beriladi. Şu tariqa ajratilajak mablağ aynan közlangan maqsad uçun sarflanişiga erişiladi.

Jahon banki prezidenti Devid Malpassning aytişiça, bankning boşqaruv kengaşi tez orada bu loyihani tasdiqlaydi. Taşkilot hisob-kitoblariga köra, vaksina körinişida yordam olgan kambağal davlatlar iqtisodiyoti yaxşi tomonga özgaradi.

Ma'lumot uçun, JSST hali birorta vaksinani qöllaş mumkinligi haqida e'lon qilmagan. Faqatgina Rossiyada vaksina işlab çiqariş va uni qöllaş boşlangan. Biroq bu vaksinaning tarkibi va işlab çiqariliş tartibi aniq bölmagani sabab JSST uni tavsiya qilmagan. Rossiya işlab çiqargan vaksinaning eksport narxi ikki doza uçun 10 dollar ekani ma'lum bölgandi.