Yöl harakati qoidalarini buzgan va bu haqda TikTok akkauntida xabar bergan haydovçi, Olmaliq hokimining öğli jarimaga tortildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Tracker rusumli avtomobil haydovçisi – 20 yoşli Ismoilov Dilşod Usmon öğli Çilonzor tumani Bunyodkor köçasida avariyaviy holatni yuzaga keltirgani sababli (videoga tuşirilgan holat) Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 128-5 moddasi ikkinçi qismiga muvofiq jarimaga tortildi. Uning avtomobili jarima maydonçasiga joylandi.
Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining ma'lumotlariga köra, mazkur haydovçi 2019 yilda 8ta huquqbuzarlik sodir etganligi qayd etilgan (“Transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborişi”), 2020 yilda ham u tomondan sodir etilgan huquqbuzarliklar soni 8tani taşkil etmoqda (xuddi öşa modda böyiça, şulardan törttasining jarimasi tölangan).
“Hurmatli haydovçilar! Yöl harakati qoidalari sizning hayotingiz va soğliğingizni asraş niyatida joriy etilgan. Qoidalar mensimasdan, qoidabuzarliklaringizni ijtimoiy tarmoqlarda namoyiş etişingiz bilan yoşlarga yomon örnak bölmoqdasiz – bu esa jiddiy oqibatlarga sabab bölişi mumkin. Öz soğliğingizni asrang. Yöl – öyingoh emas”, - deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, Olmaliq hokimining öğli Toşkentda 150 km/soat tezlikda avtomobil haydab, buni TikTok'ga joylagani xabar qilingandi.








