Daʼvo arizasi AQŞ Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilda, prezident Jo Bayden davrida kiritilgan edi, deb xabar berdi BBC. Idora TikTok va uning boş kompaniyasi ByteDance’ni 2000-yilda qabul qilingan “Bolalarning internetdagi şaxsiy maʼlumotlari daxlsizligini himoya qiliş töğrisida”gi federal qonunni (COPPA) buzgan holda, millionlab voyaga yetmagan foydalanuvçilar haqida “juda katta hajmdagi maʼlumotlar”ni yiğişda ayblagan. Ayni şu qonun asosida hozirda önlab ştatlar Meta’ga qarşi ham daʼvo qilmoqda.

“Bugungi kunda bolalar va ota-onalar bu iş boşlangan paytdagiga qaraganda ança yaxşi himoyalangan”, - deb bayonot berdi boş prokuror örinbosari vazifasini bajaruvçi Brett Şumeyt.

Avvalroq COPPA qonunini buzganlik uçun YouTube (2019-yilda 170 mln dollar) va Epic Games (2022-yilda 275 mln dollar) ham jarima tölagan edi. Meta’ga esa yuzlab milliard dollardan oşişi mumkin bölgan jarimalar xavf solmoqda - şu hafta 29 ta ştatning daʼvosi böyiça maslahatçi hakamlar sudi boşlandi.

Kelişuv şartlariga köra, TikTok va ByteDance Adliya vazirligiga zudlik bilan 300 mln dollar, Federal savdo komissiyasi bilan 2019-yilda tuzilgan kelişuv bitimi bekor qilingaç, yana 100 mln dollar tölaydi.

Adliya vazirligining qayd etişiça, daʼvo arizasi kiritilganidan buyon TikTok kompaniyasining mulkçilik tuzilmasi, maxfiylik siyosati va yoş foydalanuvçilar uçun nazorat vositalarida “jiddiy özgarişlar yuz bergan”. Daʼvo paytida platformadan 170 milliondan ortiq ösmir foydalangan va huquqşunoslarning taʼkidlaşiça, servis “bolalarga möljallangan” bölsa-da, foydalanuvçilarning yoşini tekşirmagan hamda ota-onalarning roziligini olmagan.