Fuqaro Otabek Ergaşev prezidentning meva-sabzavotçilikni rivojlantirişga doir 2018 yildagi farmoni bilan berilgan imtiyozdan foydalangan holda, öz tadbirkorligini boşlab oliş uçun, 2019 yil 30 sentabr kuni Çexiyadan jiyani Malik Jumaboyev nomiga VOLVO FH 13 440 42 T rusumli egarli şatakçi (sedelniy tyagaç) hamda Ikromjon Isakov nomiga KOGEL S24 rusumli yarimtirkamani sotib olib, Özbekistonga keltirgan.
Yuqoridagi farmon 6-bandining 4-xatboşisiga köra, tadbirkorlik sub'yektlari 2019 yil 1 oktyabrga qadar Özbekiston hududiga import böyiça olib kirilayotgan, meva-sabzavot mahsulotlarini taşişga ixtisoslaşgan transport vositalari (TIF TN koddari — 870120, 870421, 870422, 871639) bojxona tölovlari va Respublika yöl jamğarmasiga yiğimlar tölaşdan ozod etilgan.
2019 yil 21 sentabr kuni Çexiyadan yölga çiqqan M.Jumaboyev 30 sentabr kuni soat 22:14da Qozoğistondan Toşkent viloyati «S.Najimov» çegara bojxona postiga yetib kelgan, 23:39da transport vositasi böyiça dastlabki bojxona deklaratsiyasini töldirib, elektron şaklda Davlat bojxona qömitasining «EBR» AAT dasturida röyxatga olingan.
2019 yil 2 oktabr kuni esa «Vodiy» TIF bojxona post organi xodimlari M.Jumaboyev transport vositasini Özbekistonga olib kirişda dastlabki bojxona deklaratsiyasini töldiriş tartibini buzgan, deb hisoblab, dalolatnoma rasmiylaştirgan holda 2 kun oldin tuzilgan deklaratsiyani bekor qilişadi.


«2019 yil 30 sentabr kuni soat 23:30lar çamasi post boşliği S.Ermatov biroz oldin men yuborgan deklaratsiya qabul qilinganini, imtiyozdan foydalanişga ulgurganimni aytdi. Biroq, kutilmaganda 2019 yil 4 oktabr kuni dastlabki bojxona deklaratsiyasi bekor bölgani haqidagi yozma murojaatni qabul qilib oldim. Agarda öşanda bojxona xodimlari tomonidan qonun böyiça 3 soat içida menga deklaratsiyada xatolar borligini bildirişganida, men kamçiliklarni bartaraf etgan bölardim. Vaholanki S.Ermatov menga hammasi joyida ekanini aytdi va men unga işonib xotirjam böldim», – deydi Otabek Ergaşev.
O.Ergaşev dastlab uşbu holatdan noroziligini, deklaratsiyani bekor qiliş nazarda tutilgan dalolatnomaning özini bekor qilişni sörab, 4 oktyabrda «Vodiy» TIF bojxona posti va Farğona viloyati bojxona boşqarmasiga murojaat qilgan, ammo bu murojaatlardan foyda bölmagan.
















