Joriy yilning 8 oktabr kuni Kun.uz saytida e'lon qilingan “Bojxonaçilarga sud qarorlari majburiy emasmi? Tadbirkor 1 yildan beri sarson” nomli material yuzasidan Davlat bojxona qömitasi munosabat bildirdi.

“Fuqarolar I.Isakov va M.Jumabayevlar nomiga 2019 yilning 30 sentabr kuni çetdan olib kirilgan yuk maşinasi şatagi va yarim tirkamaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida meva-sabzavotçilikni jadal rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2018 yil 29 martdagi PF-5388-son Farmonida nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari (mazkur imtiyozlar 2019 yil 1 oktyabrgaça amal qilişi belgilangan) qöllanilmagani sababli sudga da'vo arizasi kiritilgan.

Xöş, mazkur transport vositalariga nisbatan bojxona imtiyozlari nima uçun qöllanilmagan?

Maqolada keltirilganidek, fuqarolar I.Isakov va M.Jumabayevlar nomiga keltirilgan yuk maşinasi şatagi va yarim tirkama 2019 yil 30 sentabr kuni tungi soat 22:14da Toşkent viloyati bojxona boşqarmasining “S.Nadjimov” çegara-bojxona posti orqali kirib kelgan va soat 23:39da transport vositasi böyiça dastlabki bojxona deklaratsiyasi elektron şaklda töldirilib, bojxona organlariga taqdim etilgan va avtomatik ravişda röyxatga olingan.

Mazkur transport vositalarining bojxona rasmiylaştiruvi amalga oşirilişi belgilangan Farğona viloyati bojxona boşqarmasining “Vodiy” taşqi iqtisodiy faoliyat (TIF) bojxona posti xodimlari esa 2019 yil 2 oktabr kuni mazkur dastlabki bojxona deklaratsiyalarini bekor qiliş böyiça dalolatnoma tuzişadi.

Dalolatnomani tuzişga sabab bölgan eng muhim omillardan biri –qonun hujjatlariga muvofiq dastlabki bojxona deklaratsiyasi tovarlar bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar taqdim qilinişi lozim edi. Yuk egalari esa transport vositalari Özbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirib kelib bölganidan söng dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim qilişgan.

Tabiiyki, qonun hujjatlari talablariga zid ravişda yuborilgan va mazkur holatda uşbu dastlabki bojxona deklaratsiyasini rasmiylaştiriş uçun huquqiy asos mavjud emasligi sababli deklaratsiya rasmiylaştirilmaydi va bekor qilinadi.

Izoh: Mazkur norma Özbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 262-moddasi va Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 30 yanvarda 2418-son bilan röyxatdan ötkazilgan “Tovarlar Özbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinişi paytigaça bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etiş tartibi töğrisida”gi Nizomda keltirib ötilgan.