Bojxona qömitasining bundan 6 oy avval barça çegara bojxona postlariga yuborgan körsatma va tavsiyasi iş bermadi: bölib tölaş şarti bilan olingan maşinalarni çet davlatga çiqarib sotib yuboriş holati yana takrorlandi. Faqat avtomobillar bu safar Qozoğistonga emas, Tojikistonga olib ötilgan. Ularni çegara postlaridan boşqarib ötgan şaxslarda, xuddi avvalgi keyslardagi kabi maşinani çet davlatga haydab çiqiş huquqi bölmagan.

Eski uslub – yangi “bozor”

Bölib tölaş şarti bilan olingan maşinani qöşni davlatga olib çiqib sotib yuboriş holati Özbekistonda yangi turdagi firibgarlik emas. Avval ham odamlar ayni şu uslubda çuv tuşirilgan.

Jumladan, Kun.uz 2 qismli suriştiruv qilgan Abdulla Abdurasulov işi köpçilikning yodida. Uşbu şaxs bir neça oyda 50 nafarga yaqin kişini çuv tuşirib, ularning turli rusumdagi maşinalarini bojxona çegara posti orqali Qozoğistonga olib çiqib ketgandi. Çegaradan ötkazilgan maşinalar esa ğoyib bölgan.

Oradan 6 oy ötib, şu kabi holat yana kuzatildi. Faqat bu safar maşinalar Tojikistonga olib çiqib ketilgan. Bu işni amalga oşirganlar esa asosan qimmat turdagi elektromobillarni “ovlagan”.

33 yillik “tuynuk”

Bu turdagi firibgarlikni amalga oşirgan şaxslar bojxona çegara postlaridagi 33 yillik “tuynuk”ni sezib qolişgan.

Gap şundaki, boşqa şaxs nomida bölgan maşinani boşqariş huquqini beruvçi işonçnoma onlayn yoki notarius orqali rasmiylaştirilişi mumkin. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali rasmiylaştirilganda işonçnoma maşinani boşqa davlatga olib çiqib ketiş huquqisiz beriladi.

Abdulla Abdurasulov işiga qadar Özbekistonda röyxatga olingan maşina bojxona çegara posti orqali mamlakatdan çiqib ketayotganida haydovçidan uşbu transport vositasini boşqariş, xususan, çet davlatga boşqarib çiqiş huquqi bor yoki yöqligi tekşirilmagan.

“Avtotransport vositasini boşqarişga doir bölgan işonçnoma haydovçi tomonidan bojxona organiga taqdim etiladigan hujjatlar röyxatiga kiritilmagan. Hozirgi kunda qonunçilikda bu narsa nazarda tutilmagan. Lekin Bojxona kodeksining 190-moddasiga muvofiq, bojxona organi xodimi taqdim etilgan ma’lumotlarni tekşiriş maqsadida qöşimça hujjatlarni söraşga haqli. Bu huquq, majburiyat emas