Bojxona qömitasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlari vakillari bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirini ötkazdi.
Tadbir davomida Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining yaşirin oldi-sotdisi foş etildi.
Tezkor kuzatuvda bölgan şaxs uçta öramga joylangan, umumiy oğirligi 1 kilogramm 233 grammni taşkil etuvçi «gaşiş» giyohvandlik vositasini sotişga kelişgan. U xaridordan kelişilgan pulning bir qismini qabul qilib, evaziga giyohvandlik vositasini berayotgan vaqtida qölga olindi.
Aniqlanişiça, mazkur şaxs avval ham giyohvandlik vositalarini köp miqdorda qonunga xilof ravişda sotganligi uçun sudlangan.
Uşbu holat yuzasidan Bojxona qömitasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Maʼlumot berilişiça, bojxona organlari tomonidan joriy yil boşidan buyon huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 844 ta holatda 2,2 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning bojxona çegaralari orqali noqonuniy olib ötilişi hamda yaşirin aylanmasiga çek qöyilgan.











