Taniqli ulamo Şayx Alouddin Mansur vafot etdi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Şayx Alouddin Mansur 1952 yilda Qirğiziston Respublikasi Öş viloyatining Qorasuv şahrida tuğilgan. Zamonasining atoqli olimlaridan tahsil olib, ilmini kamolga yetkazdi.
Olim Qur'oni karim ma'nolarining özbekça izohli tarjimasini tayyorlaşdek ulkan vazifani şaraf bilan ado etdi hamda uning tarjimasi Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari boşqarmasi ötkazgan tanlovda eng yaxşi deb topildi. Kitob 1991-1993 yillarda avval «Şarq yulduzi» jurnalida, keyin Ğafur Ğulom va «Çölpon» naşriyotlarida bir million nusxada bosildi.
Şundan keyin u 2000 yilda Qorasuv şahrida «Qur'oni karimni örganiş ilmiy markazi» taşkil etib, Qur'oni karim ma'nolarining rus (Alişer Ahmad bilan hamkorlikda) va qirğiz tillariga tarjima qildi.
Sönggi yillarda u Qur'oni karimning imkoni boriça kengroq tafsirini tayyorlaş ustida iş olib bordi. Qirğizistonda şayxning köp jildli «Qur'oni azim tafsiri» çop etilgan.
Şayxning «Imom A'zam buyuk imomimiz» nomli asari Özbekistonda çop etilgan.








