«Transport vazirligi bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib, jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalişining oldini oliş va yölovçilar salomatligini asraş maqsadida Toşkent şahar jamoat transporti (avtobus, metro, yönalişli taksi) xizmatidan foydalanganda yölovçilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qölqopda böliş tartibi joriy etilişini ma'lum qiladi», deyiladi Transport vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Şahar jamoat transportidan foydalanganda yölovçilarning sanitariya qoidalari va belgilangan karantin talablariga qat'iy amal qilişlarini ta'minlaş maqsadida Transport vazirligining avtomobil taşuvlari xavfsizligini ta'minlaşni nazorat qiliş boşqarmasi inspektorlari va huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat maxsus işçi guruhi tomonidan transport infratuzilma obektlari va jamoat transportida kuçaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari ötkaziladi.
Joriy yilning 19 oktyabridan e'tiboran şahar jamoat transportidan foydalanganda yölovçilarning tibbiy niqobda, şuningdek, tibbiy qölqopda bölişlari qat'iyan talab etiladi.
«Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Şahar jamoat transporti xizmatidan foydalanganda belgilangan karantin talablari va sanitariya me'yorlariga qat'iy amal qiling. Özingiz va atrofdagilarning salomatligiga befarq bölmang», deyiladi xabarda.
- 15 avgust kuni Toşkent metrosi bir neça oylik tanaffusdan keyin faoliyatini tiklagandi. Öşanda yölovçilar metro bekatlari va poyezdlar vagonlarida tibbiy niqobda bölişi şartligi belgilangandi.
- Maxsus komissiyaning avgust oyi oxiridagi qaroriga köra ham yölovçilar niqobda bölişi kerakligi belgilangan. Lekin özbekistonliklarning hammasi ham bu talabga amal qilmayotgandi. Şu bilan birga, komissiya tibbiy qölqop taqişni talab qilmagandi.










