Inson organizmida avval fanga noma'lum bölgan tana a'zosi topildi. U juda çuqur joylaşgan bölib, aynan şu sababli aniqlanmay kelgan. Ta'kidlanişiça, bu 300 yil içida birinçi şunday kaşfiyotdir.
Tibbiyotçilar topgan tana a'zosi törtinçi juft sölak bezlari hisoblanadi. Olimlar uni quvur (tubarial) sölak bezlari deb ataşgan. Uşbu a'zo boş çanoğining geometrik markazida, uning asosiga yaqin joylaşgan. Körinişidan, uşbu bezlar aynan şunday joylaşgani sababli hanuzgaça payqalmay kelgan.
Uşbu tana a'zosi şifokorlar nur terapiyasining böyin va tomoq, prostata va uretra saratonlaridan aziyat çekuvçi bemorlarga ta'sirini örganişi vaqtida kaşf qilindi.
Olimlar organizmda ösimtani aniqlaş uçun qonga izotoplar bilan töyintirilgan glyukozani kiritişgan. Bunday radioaktiv moddalar saraton hujayralarida köp miqdorda töplanadi va nurlanişi hisobiga ösimtaning çegalarini aniq körsatadi hamda xasta tana a'zosi holatini baholaşga yordam beradi.

Biroq mutaxassislar radioaktiv glyukozani nafaqat ösimta, balki boşqa bir organ ham yutayotganini aniqlaşgan. Natijada olingan suratlarda bir juft noma'lum a'zo aniqlangan.
Anatomiya böyiça barça kitoblarda insonda uçta yirik sölak bezlari borligi yozilgan. Ular quloq oldi, jağ osti va til osti sölak bezlaridir. Qolgan barça sölak bezlari juda kiçik ölçamda bölib, oğiz va halqum böylab joylaşgan.
“Tadqiqot vaqtida köringan ikki a'zo sölak bezlari xossalariga ega”, deb aytgan tadqiqotning yetakçi muallifi, Amsterdam universiteti jarrohi Matteys Valstar.
Niderlandiya saraton instituti radiolog-onkologi Vauter Vogel uşbu kaşfiyot haqida sözlab bergan. “Insonda uçta yirik sölak bezlari mavjud, biroq bu joyda emas. Bundan taşqari, burun-halqumda mikroskopik ölçamdagi yana mingga yaqin sölak bezi bir tekis joylaşgan. Şu sababli, biz uni topganimizda qanday hayratga tuşganimizni tasavvur qilib köring-a!” deb izoh bergan kaşfiyotga olim.
Sölak bezlari PSMA PET/CT skaneri yordamida tadqiq qilingan 100 bemorning barçasida aniqlangan. Bundan taşqari, olimlar yangi a'zo borligini tasdiqlaş yoki inkor etiş uçun bir ayol va bir erkak kişi jasadini yorib körişgan va uning mavjudligiga iqror bölişgan.
Aniqlanişiça, uşbu sölak bezlari halqumning höllanib turişiga javob beradi.
Endilikda nur bilan davolovçi şifokorlar uşbu tana a'zosi borligidan boxabar holda uni zarba ostiga qöymasliklari mumkin. Bu esa bemorlarning nur terapiya vaqtidagi va undan keyingi holatlarini ança yaxşilaşga yordam beradi.








