Oliy Majlis Senatining sakkizinçi yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi örinbosarini saylaş töğrisidagi masala körib çiqildi.
«Hurmatli hamkasblar, Senat Raisi örinbosarlaridan biri Qoraqalpoğiston Respublikasi vakili bölişiga oid konstitutsion norma mavjudligidan xabardorsiz. Şu bois senator Murat Kallibekoviç Kamalovni Senat Raisi örinbosari lavozimiga saylaş töğrisida taklif, Prezidentimiz tomonidan taqdimnoma kiritilgan», dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Murat Kamalov 1955 yilda Nukus şahrida tuğilgan. Oliy ma'lumotga ega huquqşunos sifatida köp yillar mas'uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Joriy yil sentabr oyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining deputati etib, 2 oktabr kuni esa Jöqorği Kengesning davlat rahbari iştirokida ötgan navbatdan taşqari sakkizinçi sessiyasida Jöqorği Kenges Raisi etib saylangan.
Majlisda senatorlar tomonidan M.Kamalov nomzodi böyiça fikr-mulohazalar bildirildi.
Qonun talablariga muvofiq, yaşirin ovoz beriş orqali 72 ta ovoz bilan senator Murat Kallibekoviç Kamalov Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi örinbosari etib saylandi.







