21 oktabr kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida parlament deputatlari taklif etgan qonun loyihalari köriladi. Ularning biri jamoatçilik, xususan, keng biznes doira tomonidan salbiy qabul qilindi. Tadbirkorlar mazkur qonun loyihasi Senatda ma'qullanişi içki bozorda narxlar oşişiga sabab bölişidan xavotirlanmoqda.
Kun.uz bilan suhbatlaşgan yoğ-moy va göşt işlab çiqaruvçi mahalliy tadbirkorlar Qonunçilik palatasi deputatlari tasdiqlagan qonun loyihasi yuzasidan xavotirlarini bildirişdi.
«Bu narx tuşişiga emas, balki mahalliy işlab çiqaruvçilarning bozordan çiqib ketişiga sabab böladi. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, bozorda noteng şartlarda raqobat paydo böladi», — deydi yoğ-moy işlab çiqariş korxonasi rahbari Zafar Sattorov.
Deputatlar Komiljon Ernazarov, Maqsud Qurbonboyev va Abduğani Umirov taşabbusi bilan Soliq kodeksiga özgartiş kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi parlament tasdiğidan ötib, ayni paytda Senatga yuborilgan.

Mazkur qonun loyihasi bilan 2021 yil 1 yanvargaça Özbekiston Respublikasiga şakar, şu jumladan, şakar xomaşyosini, 2021 yil 1 iyulga qadar bölgan davrda esa kartoşka, ösimlik yoği, göşt, çorva mollarini tirik holda va ularni söyişdan olingan mahsulotlarni olib kiriş, şuningdek, ularni realizatsiya qiliş aylanmalarini qöşilgan qiymat soliğidan vaqtinçalik ozod qiliş közda tutilmoqda. Soddaroq aytganda, import qilingan va Özbekiston hududida sotuvga çiqarilgan yoğ, göşt, kartoşka va şakar QQSdan ozod etilişi mumkin. Ammo mahalliy işlab çiqaruvçi xomaşyoni import qilişi yoxud sotib olişida paydo böladigan QQS saqlab qolingan. Bunda import tovar QQS zanjiridan uziladi, ammo mahalliy işlab çiqaruvçining tovari soliqdan ozod böla olmaydi.
«Davlat eksportdan ustun kelayotgan importga imtiyoz berişi, ya'ni import tovarni QQSdan ozod etişi va mahalliy işlab çiqaruvçilarga noqulay raqobat muhitini yaratişi meni hayratlantirdi. Aslida, bu kutilgan natijani bermaydi. Negaki, import tovar mahalliy işlab çiqaruvçi taklif etayotgan narxdan biroz arzonlab, bizning tadbirkorlarga jiddiy zarba beradi. Narx esa taqdim etilgan QQS imtiyozi böyiça töliq tuşmaydi», — deydi Zafar Sattorov.

«Olimxon Şuhratxon Fayz» MÇJ rahbari muovini Bahodir Qudratillayev mahalliy yoğ işlab çiqaruvçilar bozordan siqib çiqarilsa, bozorda taklif pasayişi, şunga binoan, import tovar narxi ham oşişini ta'kidlagan. Import va mahalliy işlab çiqaruvçilar narx borasida bir-biriga mutanosib ravişda «bosim» ötkazadi va bu narxning sun'iy oşib ketişiga yöl qöymaydi.
«Promeat» MÇJ rahbari Izzat Mutalovning bildirişiça, qonun loyihasi qabul qilinişi göşt narxini ham sezilarli darajada pasaytira olmaydi.
«Çunki boqiladigan mol-qöyning 95 foizi aholi qölida. Ular qöşilgan qiymat soliği masalasiga duç kelmay, molni naqd pulga sotadi. Qassoblarga ham QQS masalasi ta'sir qilmaydi. Özbekistonda çorvador fermerlar qöşilgan qiymat soliğini tölaydi. Körinib turibdiki, göşt savdosi QQSdan ozod etilişi narxga sezilarli va ijobiy ta'sir qilmaydi. Qolaversa, çorva yemi QQSdan ozod bölmagan. Aksiga olib, uşbu xabar tarqagandan söng, Özbekistonga import qilinadigan Qozoğistondagi göşt narxi bir keçada 100 tengega oşdi. Bu xabar Qozoğiston içki bozorida ham sarosimaga sabab bölib, qozoqlar köp göşt eksport bölib ketişidan xavotirini şunday namoyon qildi», — deydi Mutalov.
Bahodir Qudratillayev qonun loyihasi boşqa tarmoqlarga ham salbiy ta'sir ötkazişini bildirdi. Masalan, mahalliy işlab çiqaruvçilar kungaboqar pistasini kam va QQS bilan import qilişi oqibatida pista qoldiği — şrot narxi oşgan. Şrot tovuqning asosiy yemi hisoblanadi. Bu bilan tovuq göşti va tuxum narxi ham ösib boryapti.

Kun.uz bilan suhbatlaşgan Izzat Mutalov QQSdan ozod etilgan tovarlarning keyingi zanjirda iştirok etişini savol ostiga qöydi.
«Masalan, göştni qayta işlovçilar nima qiladi? Qöşilgan qiymat soliğisiz sotib olingan göştdan kolbasa mahsulotlari tayyorlanganda, göşt umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida işlatilganda QQS öz-özidan paydo bölmaydimi? Zanjirning bir çetini uzib taşlaş mumkin emas-ku? Şu masala şakar işlatuvçi qandolatçilarni ham öylantiradi», — dedi u.
Tadbirkorlarning barçasi qonun loyihasi qayta va puxta işlab çiqilişi tarafdori bölib, bozor munosabatiga turli davlat aralaşuvi minimum darajada bölişini istaydi. Ular Senatdan uşbu masalada e'tiborli bölişni söraşmoqda.
Alişer Rözioxunov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi — Otaxon Yusupov.











