Deputatlar Komiljon Ernazarov, Maqsud Qurbonboyev va Abdug‘ani Umirov tashabbusi bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlament muhokamasiga kiritilgan. Ayni paytda qonun loyihasi quyi palata tasdig‘idan o‘tib, Senatga yuborilgan.

Mazkur qonun loyihasi bilan 2021 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston Respublikasiga shakar, shu jumladan, shakar xomashyosini, 2021 yil 1 iyulga qadar bo‘lgan davrda esa kartoshka, o‘simlik yog‘i, go‘sht, chorva mollarini tirik holda va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish aylanmalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu qonunni qabul qilishdan maqsad — ichki bozorda shakar, go‘sht, o‘simlik yog‘i va va kartoshka narxini pasaytirish. Amaldagi qonunlarga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari faqat Soliq kodeksi orqali joriy etilishi belgilangan. Shu sababli, bir guruh deputatlar tashabbusi bilan «Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va parlament hukmiga havola etildi.

Rossiya sobiq bosh vaziri Viktor Chernomirdin ta'kidlagandek, «har doim yaxshiroq bo‘lishini istadik, lekin doimgidek bo‘lib qoldi». Gap shundaki, qonun loyihasida kartoshka, o‘simlik yog‘i, go‘sht, chorva mollarini tirik holda va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlari importiga QQS imtiyozi berilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, ularning sotuvi ham QQSdan ozod etilishi mumkin. Ammo mahalliy ishlab chiqaruvchi o‘simlik yog‘iga xomashyo, chorva boquvi uchun yem va kartoshkaga urug‘ni olib kirishi soliqqa tortilaveradi. Qonun o‘zgarishsiz qabul qilinsa, qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi? Quyida bir necha ssenariyga yog‘-moy ishlab chiqarish misolida e'tibor qilamiz.

Ssenariy 1 – importyor ishlab chiqaruvchini «sindiradi»

Mahalliy ishlab chiqaruvchi yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlar bo‘yicha import tovar bilan kuchli raqobatga kirisha olmaydi. Sabab — narx va xomashyo muammosi. Chunki ko‘rsatilgan tovarlarni tayyorlash uchun xomashyo O‘zbekistonda serob emas. Masalan, yog‘-moy ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar Qozog‘iston va Rossiyadan kungaboqar pistasini xarid qilib, O‘zbekistonda yog‘ ishlab chiqaradi. Ular taxminan 500 so‘m narxdagi ustunlik bilan importga raqobat qila oladi. Yog‘ning sifati, qadoqlanishi va marketingi bo‘yicha esa masala yo‘q. Agar import tovar QQSdan ozod etilsa, bu uning tovari O‘zbekistonda 15 foizga (amalda QQS stavkasi) arzonlashishini anglatmaydi.

Magarki, narxda 400-500 so‘mlik farq bor va shuning uchun kurash bo‘larkan, QQSdan ozod etilgan importchi narxini birdan 2100 so‘mga (