Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya kuçlari bergan aviazarba natijasida Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan guruhning 50dan ortiq a'zosi öldirildi, önlab jangarilar yaralandi. Bu haqda huquq himoyaçilarining sözlariga asoslanib BBC xabar berdi. Qayd etilişiça, uşbu hujum mart oyida Rossiya va Turkiya vositaçiligida tuzilgan Idlibdagi sulh bitimini xavf ostiga qöyişi mumkin.

Zarba «Faylaq aş-Şom» guruhining Turkiya bilan çegara yaqinidagi Xarim aholi maskanida joylaşgan lageriga berilgan. Suriyaning inson huquqlariga rioya etilişini monitoring qiluvçi Britaniyadagi markazining ma'lumot berişiça, 78 kişi halok bölgan.

Taşkilotning qayd etişiça, jarohatlanganlarning aksariyati oğir ahvolda va qurbonlar soni oşişi mumkin.

Foto: AFP

Idlib viloyati Suriyadagi isyonçi va jangarilarning sönggi tayançi edi. Suriya armiyasi va jangarilar örtasida tuzilgan sulh bitimi bugunga qadar deyarli buzilmagandi.

Sulh kelişuvi e'lon qilinganidan söng Turkiya Suriya prezidenti Başar Asad bilan aloqador har qanday kuçlarning hujumiga javob beriş huquqini özida saqlab qolişini bildirgandi.

Ayrim tahlilçilar bugungi aviazarba Toğli Qoraboğdagi nizoda Ozarboyjonni qöllab-quvvatlayotgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga Moskvaning ogohlantirişi deb hisoblamoqda.

Uruşga qadar Idlibda olti ming kvadrat kilometr maydonda bir yarim milliondan ozroq aholi istiqomat qilardi. Endilikda ikki baravarga qisqargan hududda (qolgan yarmini Rossiya yordamida Asad qöşinlari egallagan) 3 millionga yaqin kişi, jumladan, bir million nafar bola yaşamoqda.

2018 yil sentyabrda Rossiya, Turkiya va Eron Idlibda öt oçişni töxtatişga kelişib olgandi. Viloyatni Turkiya qöl ostidagi Suriya muxolifati nazorat qilişi rejalaştirilgandi.

Moskva va Damaşq uşbu va'da bajarilmagani, Idlib «Hayat Tahrir aş-Şom» guruhining qal'asiga aylanib qolganini ta'kidlamoqda. BMTning Suriyadagi vaziyat böyiça yanvardagi hisobotida jangarilar soni 12-15 ming nafar atrofida deb baholangan.

2019 yil dekabri-2020 yil fevralida Asad qöşinlarining Rossiya qöllab-quvvatlovi ostida Idlibga qilgan hujumi natijasida bir millionga yaqin suriyalik Turkiya çegarasi yaqiniga köçib ötgandi.