Yaponiya dunyodagi qariyalari eng köp davlat hisoblanadi. Bu mamlakatda 2050 yilga kelib aholining 35 foizi 65 yoşdan oşişi kutilmoqda. Bu esa iqtisodiy ösiş va mamlakat moliyasini qiyin ahvolga solib qöyişi mumkin, deb yozmoqda «Reuters» agentligi.

«Koronavirus tarqalişi odamlarda farzandli böliş va bolalarga ğamxörlik qiliş istagining pasayişiga sabab bölmoqda», deydi Yaponiyada tuğiliş körsatkiçining kamayişi masalalari bilan şuğullanuvçi vazir Teksuşi Sakamoto.
Yaqinda e'lon qilingan ma'lumotga köra, Yaponiyada iyul oyiga qadar oxirgi uç oyda homiladorlik körsatkiçi ötgan yilning şu davriga qaraganda 11,4 foizga, nikohlar esa 36,9 foizga kamaygan.
«Bu juda jiddiy holat, sababi salbiy ta'sir ança payt saqlanib qoladi. Iqtisodiy tanazzul kam nikohga va kam tuğilişga olib keladi», deydi Dai-içi tadqiqot instituti boş iqtisodçisi Xideo Kumano.
Pandemiya tuğiliş körsatkiçini yanada pasaytirişi mumkin. Sobiq boş vazir bu holatni «milliy inqiroz» deb atamoqda. 2019 yil Yaponiyada 865 ming bola tuğilgan, bu körsatkiç eng past yillik tuğiliş bölgan edi. Yaponiya Pediatriya assotsiatsiyasi pandemiya tuğiliş körsatkiçining pasayişini ön yilga tezlaştirişi mumkin, demoqda. Bu bolalar tibbiyoti yönalişiga juda jiddiy ta'sir körsatadi.
Xalqaro valuta fondi 2021 yilda global ösiş 5,2 foiz bölişini taxmin qilmoqda, Yaponiyada esa bu körsatkiç 2,3 foiz bölişi kutilgan. Bunday farqqa aholining yoş körsatkiçi kattalaşib borayotgani sabab bölmoqda.
Yaqinda Yaponiyaning «Nikkei» gazetasi 22 nafar taniqli iqtisodçi örtasida sörovnoma ötkazdi. Ularga köra, Yaponiya iqtisodiyoti 2024 yilgaça pandemiyadan oldingi darajaga qaytmaydi. Bu esa yaponlarning turmuş quriş rağbatiga jiddiy ta'sir qilişi mumkin.











