Davlat xizmatlari agentligi bildirilayotgan şu kabi fikrlar yuzasidan izoh berib, fuqarolarga bir qator eslatmalar bilan çiqdi.
Unga köra, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegişli buyruği bilan FHDYo organlari tomonidan jismoniy şaxslarga körsatiladigan pulli xizmatlar töğrisidagi nizom tasdiqlangan.
«Bunda nikohdan ajralganlik, tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlarini tiklaş, familiya, ism va ota ismini özgartiriş kabi fuqarolik holatlari dalolatnomalari böyiça huquqiy tuşuntiriş beriş va ularga tegişli özgartiriş kiritiş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 10% miqdorida (bugungi kunda 22 300), fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etiş bilan boğliq bölgan arizalarni töldirişda yordam berganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 2% miqdorida (bugungi kunda 4 460), sayyor tartibda nikohni tantanali qayd etiş (transport xarajatlaridan taşqari) uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 100% miqdorida ixtiyoriy pulli xizmat undirilişi mumkin», – deyiladi agentlik izohida.
Unda şuningdek, FHDYo organlari tomonidan körsatiladigan xizmatlardan foydalanuvçi jismoniy şaxslarga ham ayrim eslatmalar keltirib ötiladi.
«Hurmatli fuqarolar, farzand dunyoga kelişi albatta quvonarli. Yillar davomida şakllanib kelgan an'ana, ayniqsa birinçi farzandingiz dunyoga kelganida tuğruqxonada, keyinçalik esa uning guvohnomasini FHDYo idorasidan olişda köngildan çiqarib «suyunçi» puli beriş istagingiz paydo bölişi sir emas. Biroq, siz bu bilan mas'ul kasb egalariga duşmanlik qilasiz, ularning ertaga boşqa siz kabi farzandi dunyoga kelgan, ammo «suyunçi» berişga imkoni yöq fuqaro bilan boşqaça muomala qilişiga va kelganlarning qöliga qarab qolişiga örgatasiz. Bu ham korrupsiyaning körinişlaridan biri.
Davlat xizmatlari agentligi korrupsiyaga mutlaqo murosasiz munosabatda.
Buning uçun FHDYo idoralari Agentlik tasarrufiga ötganidanoq, xodimlarga munosib iş şaroitini yaratib, qilgan mehnatiga adolatli haq tölanişi çoralarini kördi.
Agar Siz FHDYo idoralarida belgilangan tölovlardan ortiqça mablağ talab qilinişi holatlariga duç kelsangiz, Davlat xizmatlari agentligining 1148 telefoni orqali darhol xabar bering», – deyiladi eslatmada.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasining «Davlat boji töğrisida»gi Qonuniga asosan, tuğilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik töğrisida, ölim haqidagi yozuvlar özgartirilganligi, ularga qöşimçalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 10 foizi miqdorida (bugungi kunda 22 300) davlat boji undirilişi körsatilgan. Bunda agar avval dalolatnoma yozuvlari töldirilgan bölsa va bolaning tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga özgartiriş kiritilib, yangidan guvohnoma berilgan hollarda tölov undiriladi.












