Sky News naşrining xabar berişiça, Britaniyaning Ecotricity kompaniyasi havodan uglerodni sörib olib, uni olmoslarga aylantiriş usulini işlab çiqdi. Kompaniya buning uçun tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalangan.

Olimlar jamoasi havodagi qurumdan olmos oliş texnikasini işlab çiqişiga va bunday yöl bilan olingan olmoslar fizik va kimyoviy jihatdan tabiiy olmoslar bilan bir xilligiga işonç hosil qilişiga 5 yildan köproq vaqt talab etildi. Olimlarning ta'kidlaşiça, uşbu olmos dunyodagi birinçi ekologik sof olmos bölib, uning olinişi uçun havodan uglerodni sörib oluvçi qurilma qöllanadi.  

“Fikrimça, bu XXI asr uçun ideal sohadir. U bizda haddan köp bölgan narsa – havodagi karbonat angidridni olib, uni bizga yoqadigan narsa – olmosga aylantiradi”, deb ta'kidlab ötgan Ecotricity kompaniyasi asosçisi Deyl Vins.

Olimlarning ta'kidlaşiça, olmos olişning bu usuli sayyoramizga ziyon yetkazuvçi an'anaviy olmos qazib oliş usuliga çaqiriq hisoblanadi. Ularning aytişiça, endilikda olmos qidiriş uçun fazodan körinib turadigan ulkan öralar qazişga hojat bölmaydi. 

Xalqaro gemmologik institut tomonidan sertifikatlaştirilgan yangi olmosni tayyorlaş uçun 2 haftaça vaqt ketadi.

Uşbu olmoslarga 2021 yil boşidan buyurtma beriş mumkin böladi.