Endilikda maşinada baland qöşiq eşitiş uçun jarima joriy qilinişi mumkin. Bu haqda IIV YHXBB vakillari Kun.uz bilan suhbatda ma'lum qilişdi.
Hozirça bunday jarima joriy etişning faqat loyihasi körib çiqilmoqda, lekin u tez orada amalda qöllay boşlanişi mumkin. IIV YHXBB boşliği örinbosari, polkovnik Erali Bozorov Kun.uz bilan intervyuda bu borada tuşuntiriş berdi.
«Davlat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan fuqarolarning fikrlarini örganib boriş asnosida tegişli normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiş kiritiş borasida işlar olib borilmoqda. Jumladan, amaldagi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga ham tegişli özgartişlar kiritiş böyiça qonun loyihasi işlab çiqilgan. Bu, albatta, muhokamaga qöyilgan. Loyiha vazirliklar bilan kelişilgan holda körib çiqiş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Yarim keçasi aholi yaşaş punktlarida ularning dam olişiga, aholi köp töplanadigan joylarda odamlar tinçini buziş, maktablar va bolalar boğçalarining oldida dars ötiş jarayonlariga xalal beriş holatlari köp kuzatiladi. Qonun qabul qilingandan söng biz amaldagi me'yoriy hujjatlarga tegişli özgartişlar kiritamiz: qayerda baland musiqa tinglaş mumkin emas, aynan qaysi holatlarda, bunga qanday çora köriladi va hokazo. Haydovçilar qaysi harakatlari uçun jazolanişini bilişadi.
Bundan taşqari, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda hozir ham tegişli normalar bor (signal çaliş, motor tovuşini kuçaytirib oliş va boşqa şovqinlar), mana şu normalarga qöşimça tarzda musiqani baland eşitiş masalasi ham kiritilmoqda.
Qonunga itoatkorlikka örgatiş – asosiy maqsadimiz. Baland musiqa (signal, boşqa tovuş) orqali aholi tinçini buzadiganlarni aniqlaş uçun zamonaviy axborot texnologiyalari bizga yordam beradi. Bunday qoidabuzarlarni aniqlaş va çora köriş uçun aynan şundan foydalanamiz. Bizga fuqarolarimiz ham tasvirlar yuborib, yordam berişlari mumkin. Bu masalani qonun qabul qilingaç, yana örganib çiqamiz», deydi polkovnik Erali Bozorov.











