30 oktabr kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi majlisi bölib ötdi. Unda tabiiy gaz quvurlari tizimining holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi natijalari muhokama qilindi.
Majlisda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov aholiga gaz yetkazib berişdagi qator muammolarni sanab ötdi.
«Bugungi kunda «Hududgazta'minot» AJ tasarrufida respublika böyiça jami 89 172,1 km gaz quvurlari mavjud bölib, uşbu gaz quvurlarining 20 525,3 km qismi 10 yilgaça, 25 729,2 km qismi 10–25 yilgaça, 42 917,5 km qismi esa 25–30 yillar va undan ortiq muddat davomida foydalanib kelinmoqda.
Demak, şunça yillardan beri markaziy tizim quvurlari almaştirilmagan. Bunga sabab nima? Aholi şunça paytdan beri gazga pul tölayapti, MIB tölamaganlarning avtomobiligaça olib qöydi qarzdorlikni yopiş uçun», – dedi Burxonov.
Senator Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida bölgan voqea haqida sözlab berdi.
«Örta Çirçiq tumaniga borganimizda yoşi katta bir onaxon ayol oldimga kelib: «Yaqinroq kelib meni hidlang, men orqali butun ayollarni... Bizdan göngning hidi kelyapti. Tezak yoqyapmiz. Xohlagan xonadoningizga kiring, köring», – dedi.
Mingdan ortiq odam bilan uçraşuv ötkazyapmiz. Trubalar bor, ilgari gaz bölgan, hozir yöq... Murojaat qilsa: «Gaz mobodo uzilib qolsa (özi bir neça yildan beri gaz umuman yöq), suyultirilgan gaz bilan ta'minlaymiz, 20 kg norma bor», deb javob beryapsizlar», – dedi Senat qömitasi raisi «Hududgazta'minot» mas'ullariga qarata.

Burxonovning sözlariga köra, «Hududgazta'minot» AJ tomonidan 2020 yilda bor yöği 68,4 km gaz tarmoqlari mukammal ta'mirlangan va 49,2 km rekonstruksiya qilingan. «Öztransgaz» AJ tasarrufidagi magistral gaz quvurlarining loyihalarida közda tutilgan 2 117 ta elektro-kimyoviy himoya stansiyalaridan, bugungi kunda faqatgina 1 097 tasi işçi holatda, 761 tasi esa belgilangan talablarga umuman javob bermaydi.









