Özbekiston Respublikasi Markaziy banki ölçovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga çiqarmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
“Oğirligi 5, 10, 20 va 50 gramm bölgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uçun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadoği sertifikat vazifasini bajaradi va öz seriya raqamiga ega böladi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, oltin quymalarning sotiş va qaytarib sotib oliş narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki çegirma asosida şakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valutada e'lon qilib boriladi.
Ma'lumot uçun: Marja va çegirma miqdorlari ölçovli quymalarning muomalaga çiqarilişi va muomalada bölişi bilan boğliq operatsion xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Qadoqlari but oltin quymalar sotuv şoxobçalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga tölovni darhol amalga oşiriş orqali qaytarib sotib olinadi.
Qadoği buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib oliş ularni texnik ekspertizadan ötkaziş orqali amalga oşiriladi va ekspertiza ötkazilgandan söng tölov tölab beriladi.
Qadoği but holatdagi oltin quymalarni Özbekiston Respublikasi hududidan taşqariga olib çiqişga ruxsat beriladi.
Sentabr oxirida jismoniy şaxslar Özbekistonda işlab çiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan ölçovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini mamlakat hududidan taşqariga çeklovlarsiz olib çiqiş huquqiga ega bölişgandi.












