O‘zbekiston | 12:25 / 26.09.2020
14532
2 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslarga o‘lchovli yombilar va qimmatbaho tangalarni olib chiqishga ruxsat berildi

Bu prezidentning 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6066-son farmonida nazarda tutilgan.

Jismoniy shaxslar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini mamlakat hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish huquqiga ega bo‘lishdi

Norma’ning yozishicha, bunda ikkita shart mavjud:

  • tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lishi;
  • olib chiqishning me'yoridan oshgan taqdirda - majburiy ravishda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish.

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilganligi munosabati bilan MB huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatiladi. Uning o‘rniga MBning markaziy apparati tuzilmasida Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etiladi. U Markaziy bank tomonidan xalqaro rezervlarni boshqarish operatsiyalari doirasida sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni hamda saqlanayotgan boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash, jo‘natish va hisobini yuritish bilan shug‘ullanadi. U tomondan ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalaniladigan bino va obektlar o‘ta muhim obektlar toifasiga kiradi va tegishlicha muhofaza qilinadi. MB tugatilayotgan Agentlikning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
 
Bir oy muddatda hududlarga birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni yetkazib berish mexanizmini joriy etishlari kerak.
 
Hujjat 23.09.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid