Yiğilişda nutq qilgan boş prokuror Niğmatilla Yöldoşevga köra, ikki yilda mansab vakolatlarini suiiste'mol qilganligi uçun 31 nafar soliq xodimlari ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Masalan, Danğara tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari T. pul mablağlarini naqdlaştiriş bilan şuğullanuvçi jinoiy guruh tuzgan. Uyuşgan guruh boşqa fuqarolar nomiga 22ta soxta firmalarni oçib, ularga norasmiy rahbarlik qilib kelgan.
«Uşbu firmalarda 268 milliard sömlik noqonuniy pul aylanmalari amalga oşirilib, 19 milliard söm soliq tölovidan qoçişga erişilgan, şuningdek jinoiy yöl bilan topilgan 200 million söm legallaştirilgan. Hozirda T. va uning 14 nafar jinoiy şeriklari sudda javob bermoqda», — dedi boş prokuror.
«Xalq banki» sobiq rahbari tuzgan jinoiy guruh haqida ma'lumot berildi
Ta'kidlanişiça, quriliş sohasi korrupsiyalaşgan sohalardan biri bölib qolayotganligi oqibatida sönggi ikki yilda 1 ming 233 nafar şaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Quriliş uçun yer ajratiş, tanlov va tender ötkaziş, şaharsozlik hujjatlarini rasmiylaştiriş, muhandislik - kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş jarayonlarida korrupsiya köplab kuzatilmoqda.
«Misol uçun, Navbahor tuman hokimining birinçi örinbosari
X. «Konimex baliqçi» jamiyati rahbari A.dan baliqçilik havzasiga kollektor qazilişiga ruxsat berişi evaziga 11 ming dollar olganligi uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan», — deya qöşimça qildi Yöldoşev.
Niğmatilla Yöldoşevning bildirişiça, budjetdan moliyalaştiriladigan quriliş işlari uçun pudratçilarni taniş - bilişçilik yoki pora evaziga tanlab oliş kabi korrupsiyaviy amaliyot kuzatilmoqda.
«Suvoqova» korxonasi Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi mutaxassisi N. «Diyorbek Uçqun» korxonasi rahbari B.ga tanişlari orqali quriliş obekti olib beriş evaziga 14 ming dollar berişni talab qilib, 9 ming dollar olganda qölga olingan», — dedi u.
Moliya organlari budjet nazoratini talab darajasida bajara olmayapti — Niğmatilla Yöldoşev
Quriliş tizimida ham suiiste'molçiliklar kuzatilayotganligi alohida ta'kidlandi. Misol uçun, Toşkent şahar hokimligining kapital quriliş boşqarmasi boşliği örinbosari A. va Çilonzor tuman hokimiyati bölimi boşliği Ş. «Max Saodat» jamiyatiga köp qavatli uy-joy quriş uçun Çilonzor tumanidan 1 gektar yer ajratiş evaziga 1 mln. 400 ming dollar talab qilib, 50 ming dollarni olgan vaqtda uşlangan.
Boş prokuror: 2 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trillion sömdan oşdi
Boş prokurorning tanqidiy ruhda tayyorlagan nutqi davom etmoqda.












