Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik hamda Afğonistondagi mojaroni tinç yöl bilan hal etişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Davlat rahbari keyingi yillarda Özbekiston-Afğoniston munosabatlarini rivojlantirişda erişilgan sur'atni katta mamnuniyat bilan ta'kidladi. Amaliy hamkorlikni kengaytiriş, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va logistika, energetika, ta'lim va boşqa muhim yönalişlarda ustuvor loyihalarni ilgari suriş borasidagi sa'y-harakatlar alohida qayd etildi.
Özbekiston Afğonistonda mintaqaviy ahamiyatdagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşirişda faol iştirok etişga tayyor ekani ta'kidlandi.
Abdulla Abdulla samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Özbekistonning afğonlararo tinçlik muzokaralarini boşlaşga hamda xalqaro hamjamiyatning Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça faoliyatini birlaştirişga xizmat qilgan sa'y-harakatlarini yuksak baholadi.

Mehmon Özbekiston tomonidan körsatilayotgan doimiy kömak uçun minnatdorlik bildirdi hamda mamlakatimizning Afğonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy jarayonlarga jalb etişga qöşayotgan hissasini alohida qayd etdi.
Muzokaralar çoğida mintaqaviy va xalqaro siyosatning tomonlarni qiziqtirgan masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.









