Surxondaryo viloyati davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tomonidan amalga oşirilgan qariyb 3 mlrd sömlik davlat xaridlari haqida ma'lumotlar tarqaldi.

Unga köra, Surxondaryo viloyati davlat soliq boşqarmasi 349 mln sömga Equinox avtomobilini xarid qilgan.

Davlat xaridlari portalida joylaştirilgan hujjatlarga köra, Davlat soliq boşqarmasiga uşbu rusumdagi maşinani sotib olişga Moliya vazirligi ruxsat bergan.

Moliya vazirligi xabariga köra, Surxondaryo viloyat Davlat soliq boşqarmasi tomonidan boşqarma balansidagi, 2013 yilda işlab çiqarilgan “Neksiya-2” rusumli avtotransport vositasi bugungi kunda eskirib yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli uning örniga belgilangan limit doirasida bir dona xizmat avtomaşinasi xarid qilişga ruxsat sörab, 2020 yil 2 oktyabrda vazirlikka murojaat qilingan.

Mazkur murojaatga Moliya vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi javob xati bilan yuqoridagi avtotransport vositasini örnatilgan tartibda sotiş hamda uning örniga belgilangan limit doirasida Soliq organlarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan bir dona Özbekistonda işlab çiqarilgan “Neksiya-3” rusumli xizmat avtomaşinasi xarid qilişga e'tirozi yöqligi ma'lum qilingan.

“Biroq Boşqarma tomonidan “Özavto” dileri “Avto-sentr-Qaşqadaryo” bilan Boşqarma örtasida 2020 yil 30 sentyabrda tuzilgan 3-250-2020-1563UA-sonli şartnomaga asosan Equinox rusumli avtotransport vositasi xarid qilingan.

Moliya vazirligi tomonidan ötkazilgan xizmat suriştiruviga asosan, ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan xat, xususan, Surxondaryo viloyat Ğaznaçiligiga taqdim etilgan Moliya vazirligining yuqorida qayd etilgan 2020 yil 9 oktyabrdagi YeS 8724-sonli xati özgartirilganligi, ya'ni “Neksiya-3” rusumli” sözlari çiqarib qalbakilaştirilganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga vakolati doirasida Moliya vazirligining javob xatiga özgartiriş kiritgan mansabdor şaxslarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar körilişi yuzasidan örnatilgan tartibda Moliya vazirligining murojaati yöllandi”, – deyiladi vazirlik izohida.