Davlat qabul komissiyasining 7-son bayoni qabul qilindi. Unga köra:

  • Öqişga tölov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar va öqişini köçirgan (tiklagan) talabalar uçun kontrakt tölaş muddati 1 dekabrgaça uzaytirildi;
  • Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari bölgan 101 nafar çin yetim abituriyent davlat granti asosida öqişga qabul qilindi;
  • Yangi oçilgan Andijon iqtisodiyot va quriliş institutiga 2020/21 öquv yilida bazaviy tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qiliş parametrlari tasdiqlandi.

Andijon iqtisodiyot va quriliş institutiga vodiyning uç viloyatida doimiy röyxatda turuvçi, respublika OTMlariga yuqoridagi jadvalda keltirilgan ta'lim yönalişlaridan birini birinçi yönaliş sifatida tanlab, testdan yiqilgan, lekin 56,7 va undan yuqori ball töplagan abituriyentlar kontrakt asosida qabul qilinadi.

Institutga 375ta kvota ajratilgan. DTM uşbu 375 talabani aniqlaş uçun abituriyentlar töplagan ballarning ketma-ketligi asosida röyxat tuzadi.

  • Toşkent davlat agrar universiteti Samarqand filialiga bu yilgi qabul tartibi ham belgilandi. Unga köra, filial bakalavriatiga respublika OTMlariga mazkur filialda mavjud yönalişlardan birini birinçi sifatida tanlab, öqişga kira olmagan, lekin töplagan balli 68,0 (tölov-kontrakt uçun 56,7 ball) va undan yuqori bölgan 475 nafar abituriyent qabul qilinadi.

Filial magistraturasiga kiriş uçun hujjatlar 14-24 noyabr kunlari qabul qilinadi. Kiriş imtihonlari 26-30 noyabrga belgilandi.

Eslatib ötamiz, Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq, Taxtaköpir va Qoraözak tumanlaridan bölgan abituriyentlar uçun ham qöşimça qabul e'lon qilingan.