Toğli Qoraboğda 27 sentyabrdan buyon bölib ötgan jangovar harakatlar natijasida Armanistondan 2317 nafar harbiy halok bölgan. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi ma'lum qildi.
“Bugungi kungaça sud-tibbiyot xizmatimiz halok bölgan 2317 nafar harbiy xizmatçining jasadini örgandi. Halok bölgan askarlarning jasadlarini almaşiş jarayoni endigina boşlandi, bu jarayon davom etarkan, yakuniy raqamlarni bilib bölmaydi”, – deyiladi xabarda.
14 noyabr kuni Ozarboyjon va Armaniston Toğli Qoraboğdagi jangovar harakatlar davomida halok bölganlarning jasadlarini almaşişdi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston va Ozarboyjon örtasida keçgan janglarda tinç aholi orasidan 4 mingdan köproq odam halok bölgani, qoçqinlar soni ön minglab kişini taşkil qilayotganini ma'lum qilgan edi.













