Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlarda halok bo‘lganlarning jasadlari almashildi
Ozarboyjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar davomida halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishdi. Ozarboyjon Mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, jarayon Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligida amalga oshirilgan.
«Shusha shahri atrofidagi janglarda halok bo‘lgan bir qancha askarlarning jasadlari yig‘ilgan edi. Ushbu insonparvarlik aksiyasida Armaniston Qurolli kuchlarining halok bo‘lgan askarlari arman tarafga topshirildi. Shuningdek, Ozarbayjon armiyasidan halok bo‘lgan 6 nafar harbiy xizmatchining jasadi qabul qilib olindi», – deyiladi hisobotda.
Shuningdek, bayonotda ushbu jarayonni tashkil qilgan Rossiya Mudofaa vazirligiga minnatdorlik bildirilgan.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi gumanitar masalalarni hal qilish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida kechgan janglarda tinch aholi orasidan 4 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgani, qochqinlar soni o‘n minglab kishini tashkil qilayotganini ma'lum qilgan edi.
Shuningdek, Putin hududdagi gumanitar masalalarga yechim topish va aholiga yordam berish maqsadida idoralararo markaz tuzish topshirig‘ini bergan.
9 noyabr kuni Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlarni to‘xtatish yuzasidan umumiy bayonot bergan edi.
Mavzuga oid
17:50 / 14.07.2026
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026