Armaniston milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Artur Vanetsyan mamlakat boş vaziri Nikol Paşinyanni öldirişga tayyorgarlik körganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda uning advokati Lusine Saakyan ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Vanetsyan 14 noyabr kuni MXX tergov departamentiga çaqirilgan va hibsga olingan. Xavfsizlik xizmati sobiq rahbari şuningdek, hokimiyatni egallab oliş, noqonuniy ravişda qurolga ega böliş va saqlaşda gumon qilinmoqda.
«Bularning barini huquqiy jihatdan izohlaşning imkoni yöq. Bu hokimiyatni saqlab qolişga qaratilgan şarmandali siyosiy ta'qib, davlatga qarşi dasturlarni oxiriga yetkazişdir», — deb ta'kidladi Saakyan.
Yerevanda bir neça kundan buyon Toğli Qoraboğ böyiça tinçlik kelişuvi imzolagani uçun Paşinyanning iste'fosi talab qilingan norozilik aksiyalari bölib ötmoqda. Ma'lum qilinişiça, uşbu aksiyalarda Vanetsyan ham iştirok etgan.
Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari 9 noyabr kuni Toğli Qoraboğda harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça kelişuv imzolagandi.








