25-avgust kuni ertalab 71 yoşli Koçaryan qölga olinib, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasiga keltirildi va unga ayblov eʼlon qilingan, dedi uning advokati Aram Orbelyan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi bu maʼlumotni tasdiqladi va Koçaryan hamda uning öğli, «Armaniston» muxolifat bloki deputati Levonning uylarida tintuv ötkazilayotganini qöşimça qildi.
«Armaniston Korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar faktlari yuzasidan tergov qilinayotgan jinoiy iş doirasida bir neça önlab manzillarda tintuv va boşqa protsessual harakatlar olib borilmoqda», - dedi qömita matbuot kotibi Marina Oganjanyan.
Köp ötmay, Armaniston Boş prokuraturasi Koçaryanga nisbatan mansab vakolatlarini suiisteʼmol qiliş, pora oliş va öta yirik miqdorda pul yuviş moddalari böyiça jinoiy iş qözğatilganini eʼlon qildi.
Prokuror yana töqqiz kişiga, jumladan, sobiq prezidentning öğli Sedrak Koçaryanga nisbatan ham ommaviy jinoiy taʼqibni boşladi.
Birinçi hibsga olinişi emas
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi versiyasiga köra, Koçaryan 1998–2008-yillarda prezidentlik davrida boşqa şaxslar bilan til biriktirib, davlat mulkini kimoşdi savdosisiz va bozor narxidan ança arzon narxlarda öziga, şuningdek, öziga aloqador şaxslar va kompaniyalarga ötkazib bergan.
Sobiq prezident idorasi uning hibsga olinişini şarhlar ekan, «hokimiyatning prezident Koçaryan va uning oilasiga qarşi navbatdagi hujumi boşlandi», deb bayonot berdi.
Koçaryanning qölga olinişi parlamentda uning öğli Levon va boş vazir Nikol Paşinyan örtasidagi oğzaki tortişuvdan bir kun ötib sodir böldi. Paşinyan Koçaryanlar oilasini xalq hisobidan boyiganlikda ayblab, «ömarilgan millionlar»ning meros bölib qolişiga yöl qöymaslikka vaʼda berdi. Bunga javoban sobiq prezidentning öğli boş vazirni adolatni «tanlab qöllaşda» aybladi.
Koçaryan 1998-yildan 2008-yilgaça Armaniston prezidenti bölgan. 2018-yil iyul oyida u 2008-yilda konstitutsiyaviy tuzumni ağdarişda ayblanib hibsga olingan edi. Xususan, unga prezidentlik saylovi natijalariga qarşi norozilik namoyişlarini tarqatib yuboriş aybi qöyilgan, buning oqibatida kamida ön kişi halok bölgandi.

















