AQŞ Afğoniston va Iroqda 2,5 minggaça harbiy qoldiradi. 15 yanvargaça Afğonistondan 2 ming, Iroqdan esa 500 harbiy olib çiqilişi kutilmoqda.

Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda Afğonistonda 4,5 ming, Iroqda esa 3 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmat olib bormoqda.

“Prezident Trampning farmoyişi va kuçlarni qayta guruhlaş rejasiga köra, 2021 yil 15 yanvargaça Afğonistondagi kuçlarimiz 2,5 ming kişini, Iroqdagi ham 2,5 ming kişini taşkil qiladi”, deb ma'lum qilgan AQŞ mudofaa vaziri lavozimini bajarayotgan Kristofer Miller.  

Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Donald Tramp Afğoniston va Iroqdagi barça harbiylar 2021 yil may oyigaça qaytişiga umid bildirgan.  

“Prezident Tramp may oyigaça ularning barçasi soğ-salomat va töliq hajmda uyga qaytişlariga umid qilmoqda”, deb ma'lum qilgan Trampning milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Robert ÖBrayyen.

Uning ta'kidlaşiça, Afğoniston va Iroqda qoladigan harbiylar AQŞ diplomatik vakolatxonalari va hukumat obektlari himoyasini ta'minlaydi.

7 oktyabrda Tramp Afğonistondagi barça harbiylar 25 dekabrgaça AQŞga qaytişini ma'lum qilgandi.