Soat 19:00 lar atrofida Mirzo Uluğbek köçasida joylaşgan texnika dökonida noma'lum erkak öz xotini va xotinining jazmani deb şubha qilgan erkakni piçoqlaydi. Har ikki yarador köp qon yöqotiş oqibatida voqea joyida halok böladi.

Samarqand viloyat prokuraturasi vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Past Darğom tumanida yaşovçi erkak Samarqand şahrida «Neksiya-3» maşinasida xotinini maşina haydovçisi bilan birga köradi. Şundan söng, uyiga borib, piçoğini olib keladi va kuzatuvni davom ettiradi.

Xotini va uning jazmani ekani aytilayotgan erkakni Mirzo Uluğbek köçasidagi telefon va texnika mahsulotlari sotiladigan dökonda körgan er ularning orqasidan kirib dökonning içida, odamlar köz öngida piçoqlab öldirgan. Kun.uz muxbiri voqea tafsilotlarini aniqlaş uçun qotillik sodir bölgan dökonga bordi, biroq na dökondorlar va na bino qorovullari nima bölganini körmaganliklarini aytişdi.

Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, qotil voqea joyida qölga olingan. Viloyat IIB iş böyiça dastlabki suriştruv harakatlari yakunlangaç, rasmiy ma'lumot berişini ma'lum qildi.