Toşkent şahar hokimi örinbosari Ğofir Jamolov poytaxtda tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar bilan boğliq masalani örgandi.

«Toşkent şahrini tabiiy gaz bilan belgilangan me'yorda ta'minlaş masalasida aholidan köplab murojaatlar tuşganligi sababli, Toşkent şahar hokimi örinbosari Ğofir Jamolov 23 noyabr kuni tungi soat 1:20da Toşkent şahrini gaz bilan ta'minlovçi Toşkent magistral gaz quvurlari boşqarmasining «Janubiy Ğarbiy» stansiyasi iş faoliyati bilan tanişdi», deyiladi Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Örganiş jarayonida gaz bosimini me'yorida uşlab turiş, aholiga tabiiy gazni yetkazib beriş yuzasidan mas'ul taşkilot rahbarlariga körsatmalar berilgan.

Eslatib ötamiz, hozirgi vaqtda Toşkent şahri aholisi gaz bosimi pastligidan şikoyat qilmoqda. Ayrim joylarda esa gaz umuman yöq.