Keça ijtimoiy tarmoqlar hamda kun.uz axborot sayti orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning may oyida 398 mln sömga TRAILBLAZER LTZ AT avtomobili xarid qilingani töğrisida xabar joylaştirildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bu mavzu yuzasidan öz munosabatini bildirdi.
“Mazkur xabarga oydinlik kiritiş maqsadida,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi. Exarid.uz portali ma'lumotlariga tayanib berilgan xabar töğri bölib, haqiqatda hozirgi kunda Jamiyat avtoparkida TRAILBLAZER LTZ AT avtomaşinasi mavjud.
Şu örinda ta'kidlaş joizki, mazkur avtomaşina uzoq masofaga hamda toğli şaroitlarga xizmat safarlari uçun möljallangan bölib, Jamiyatning şunday turdagi maşinaga ehtiyoji tufayli mahalliy işlab çiqaruvçi mahsuloti şartnoma asosida xarid qilingan.
Ma'lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 252,2 ming km uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari orqali Özbekiston Respublikasining maişiy va yuridik iste'molçilariga elektr energiyasini yetkazib beradi. Ana şu elektr tarmoqlarining ayrim qismi noqulay toğ şaroitlari hamda oddiy yengil avtomaşina yetib borişi qiyin hududlar yoxud talafot zonalarida (“Sardoba” suv ombori yemirilişi tufayli sodir bölgan kabi) joylaşgani sabab, bu yerda olib borilayotgan quriliş-ta'mirlaş işlari bilan yaqindan tanişiş va zarur hollarda operativ çoralar köriş uçun tezkor yetib boriş ehtiyoji mavjudligi sabab Boşqaruv kengaşi qaroriga asosan xarid qilingandir”, – deyiladi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati tarqatgan munosabatda.











