Moliya vazirligi “2021 yil uçun soliq siyosatining asosiy yönalişlari qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini e'lon qildi.

Qonun loyihasining 289-3 -moddasida neft mahsulotlari va boşqa aksiz tölanadigan tovarlar va xizmatlarga soliq stavkalari haqida söz yuritilgan.

Neft mahsulotlari va boşqa aksiz tölanadigan tovarlar va xizmatlarga quyidagi soliq stavkalari belgilanadi:

Aksiz soliği böyiça import va işlab çiqariş uçun aksiz soliği aksariyat stavkalarini tenglaştiriş nazarda tutilmoqda. Şu bilan birga, mutlaq miqdorda belgilangan aksiz soliği stavkalari indeksatsiya qilingan (2020 yil 1 apreldan ularning nazarda tutilgan indeksatsiyasini bekor qilinganini hisobga olgan holda).

Şu munosabat bilan, aksiz soliği stavkalari 2021 yil 1 fevraldan boşlab indeksatsiya qilinmoqda.

Import böyiça 73ta tovar pozitsiyasiga aksiz soliğini bekor qiliş taklif etilmoqda, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari (20 turdagi tovarlar (şarbatlar, pişloq, tvorog, margarin, unli qandolat mahsulotlari, kolbasa va şunga öxşaş göşt mahsulotlari va h.k.), elektrotexnika tovarlari böyiça (35 turdagi tovarlar (muzlatgiçlar, televizorlar, gaz plitalari, çangyutgiçlar, kir yuviş maşinalari va boşqalar) va h.k. Bu tadbirkorlik sub'yektlariga teng şaroitlarni ta'minlaşga imkon beradi.

Mobil aloqa xizmatlarini körsatadigan yuridik şaxslar uçun mobil aloqa xizmatlari uçun aksiz soliği stavkasi 20 foizdan 15 foizgaça pasaytirilmoqda.

Yer soliği böyiça qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar uçun, respublika hududlari kesimida mutlaq kattalikda, ularni 15 foiz indeksatsiya qilinişini hisobga olgan holda, bazaviy soliq stavkasi belgilanmoqda.