Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining ma'lum qilişiça, qömitaga xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan örnatilgan tartibda xarid qilingan paxta çigitini bir viloyatdan (şahardan) boşqa viloyatga (şaharga) olib çiqişda muammolarga duç kelayotganligi yuzasidan noroziliklar bildirgan köplab murojaatlar kelib tuşmoqda. Murojaatlarda, viloyat hokimliklari tomonidan hududlardagi içki işlar organlari xodimlariga viloyat hududlaridan paxta çigitini çiqarmaslik töğrisida topşiriq berilgan va şunga köra bu mahsulot çegara post xizmatlaridan çiqarilmagani ma'lum qilingan.

Tadbirkorlar qömitaga, qonunçilikka köra birja savdolarida respublikaning barça hududlaridagi işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan çigit mahsulotini sotib oliş mumkinligi belgilangan bölsada, hokimliklar tomonidan çigitni faqat öz hududidagi işlab çiqaruvçilar tomonidan sotib olinişi va işlatişi böyiça körsatma berilayotganini bildirişgan.

«Özbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi qonunining 8-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oşirişi hamda öz faoliyati yönalişlarini, tovarlar (işlar, xizmatlar) yetkazib beruvçilarni va öz tovarlarining (işlarining, xizmatlarining) iste'molçilarini mustaqil ravişda tanlaşga haqli ekanligi, 34-moddasiga asosan davlat organlari, boşqa taşkilotlar hamda ularning mansabdor şaxslari tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining amalga oşirayotgan faoliyatiga aralaşişga haqli emasligi körsatilgan.

Davlat organlari va ularning mansabdor şaxslariga bitimlar tuziş böyiça qarorlar qabul qiliş, tadbirkorlik faoliyati sub'yektlariga körsatmalar hamda boşqa farmoyişlar beriş taqiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga asosan fuqarolar va yuridik şaxslar şartnoma tuzişda erkin, şartnoma tuzişga majbur qilişga yöl qöyilmaydi, şartnomaning şartlari taraflarning xohişi bilan belgilanadi.

Özbekiston Respublikasi «Raqobat töğrisida»gi qonunining 12-moddasiga asosan davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining xöjalik yurituvçi sub'yektlarning iqtisodiy faoliyatiga oqibatda raqobat çeklanişi mumkin bölgan tarzda aralaşişi taqiqlanadi. Raqobatni rivojlantirişga tösqinlik qiluvçi hamda iste'molçilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsituvçi harakatlariga, şu jumladan tegişli bozorni hududiy prinsip böyiça, realizatsiya qiliş yoki xaridlar hajmi böyiça, tovarlarning xillari böyiça yoxud tovarlarni sotuvçilar yoki sotib oluvçilar, tovar buyurtmaçilari doirasi böyiça bölib olişga yöl qöyilmaydi.