2022 yil 19 dekabr kuni Kökdala tumanidagi “Umakay” postida yana tadbirkorga tegişli çigit uşlab qolingan. Tadbirkorga köra, mahsulotga oid barça hujjatlar prokuratura departamenti tomonidan olib qöyilgan va heç qanday izoh berilmagan.
Jizzax viloyatida faoliyat olib borayotgan “PAXTAKOR SIFAT YOG‘” mas’uliyati çeklangan jamiyati rahbari Rahmat Köralovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, yettita yuk maşinasidagi 150 tonnadan ortiq mahsulot Qaşqadaryo viloyatidan çiqarilmayapti. Bunday havoda çigit namlanib, zararlaniş ehtimoli yuqori.
MÇJ rahbari Köralovga köra, mahsulot birja savdolari orqali xarid qilingan va barça hujjatlari mavjud. 19 dekabr kuni YPX xodimlari heç qanday asossiz mahsulot xarid qilinganiga oid hujjatlarni olib qöygan. Yuk maşinalari egalarining haydovçilik guvohnomalari ham qaytarib berilmagan.
“Mahsulotni yetkazib beriş uçun yuk maşinalari Qaşqadaryo viloyatidan yollangandi. Mana, oradan ikki kun vaqt ötdi hamki, mahsulotimiz qöyib yuborilmadi. Haydovçilar uşlab turilgan har bir kun uçun mendan qöşimça haq talab qilişadi. Qolaversa, “Umakay” hududida havo harorati ança past, mahsulotimizga zarar yetyapti. Bizni yölda istagan taşkilot töxtatib, qöliga taqdim qilgan hujjatlarimizni bir neça kunlab tekşirişi qaysi mantiqqa töğri keladi? Yetkazilayotgan zararni kim qoplab beradi?” - dedi Rahmat Köralov.
Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti mas’ul xodimi Turğun Pölatovdan telefon orqali izoh oldik. Uning aytişiça, postda YPX xodimlari material qilib, departamentning Kökdala tumani bölimiga ötkazgan. Ayni vaqtda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Agar tadbirkorlar mahsulot sifati buzilişidan xavotir olsa, bizga xat bilan çiqişsin. Zaruratga qarab kerakli hujjatlarni taqdim etişsa, tezroq qaror çiqarib berişadi”, - deydi Turğun Pölatov.
“Umakay” posti mas’uli Abduşukur Şodiyevdan ham vaziyat böyiça izoh oldik. YPX mas’ulining aytişiça, Qaşqadaryo viloyatidan çiqib ketayotgan har qanday çigit töxtatilib, uning qonuniy olib ketilayotganini tekşiriş uçun departamentga yuborilmoqda. Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan xarid qilingan çigit “Umakay”da uşlab qolinmayapti.
“Çigitning qonuniy ekanligiga oid hujjatlar departament tomonidan tekşirilmoqda. Agar hammasi qonuniy bölsa, maşinalarni bir daqiqa ham uşlab ötirmaymiz”, - dedi post rahbari.













