Uning ölimiga uzoq vaqt davom etgan kasallik sabab bölgan.
Futbol böyiça Rossiya çempionatining 6 va 7 dekabr kunlariga belgilangan 17-tur öyinlari Viktor Ponedelnik xotirasiga bir daqiqa sukut saqlaş bilan boşlanadi.
- Viktor Ponedelnik — 1960 yilda futbol böyiça Yevropa çempionatida SSSR jamoasi safida iştirok etgan. Finalda Yugoslaviyaga qarşi keçgan öyinda (2:1) qöşimça daqiqalarda boş bilan gol urib, jamoasiga ğalaba keltirgan. Ponedelnikning goli «oltin» gol bölgan — bu gol Rossiya futboli tarixidagi eng muhim gol sanaladi. Viktor Ponedelnik 1960 yilgi Yevropa çempionati ğoliblaridan şu vaqtgaça yaşayotgan yagona vakil edi.
- Viktor Ponedelnik 1956 yildan SSSR çempionatida iştirok etişni boşlagan, dastlab Rostovning «Rosselmaş» va SKA klublari şarafini himoya qilgan. 1961 va 1966 yillarda TsSKA va «Spartak» jamoalariga ötgan, ammo moskvaliklar klublarida birorta öyinda maydonga tuşmagan. SSSR çempionatlarida u jami 217 öyinda iştirok etib, 86 gol muallifi bölgan.
- Terma jamoada esa u 29 öyinda maydonga tuşgan va 20 gol urgan, 1964 yilgi Yevropa çempionatida jamoasi bilan kumuş medalga sazovor bölgan.
- U 1966 yilda 29 yoşida soğligidagi muammo tufayli faoliyatini yakunlaşga majbur bölgan. Keyin uç yil davomida «Rosselmaş»da murabbiy sifatida işlagan.
- Ponedelnik «Sovetskiy sport» gazetasida bölim muharriri sifatida işlagan, keyin «Futbol — Xokkey» naşrida boş muharrir bölgan. Futbol haqida törtta kitob yozgan.








