7 dekabr kuni AOKA binosida taşkil etilgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisining birinçi örinbosari Bobur Karimov MSKT (multi-spiral kompyuter tomografiyasi) xizmatiga bölgan talabning oşişi, şuningdek, xizmat haqining 3-4 baravarga kötarilişiga munosabat bildirdi.

U, Kun.uz muxbiri savoliga javob berarkan, mazkur tekşiruvni ötkaziş uçun Biznes-Ombudsman roziligi olinmaganini ma'lum qildi.

«Tovar bozorlarida monopolist bölsa, biz narxni sun'iy oşirganini bilamiz va ularga tegişli çora köriş nisbatan oson keçadi. Lekin monopolist bölmay, bir neçta özaro raqobatlaşayotgan sub'yektlar özaro kelişib, raqobat qilmaslik va narxni oşirişga kelişib olsa, bu holatni isbotlaş qiyin. Masalan, pandemiyadan oldin MSKT narxi 100 ming söm atrofida bölgan, pandemiya davrida 400 ming sömgaça kötarildi. Tadbirkorlar narx oşişini bemorlar soni, pandemiya tufayli xarajatlar köpaygani bilan asoslantirmoqda. Iqtisodiy nazariyaga muvofiq, daromad keltiruvçi 100 ming sömli narx turibdi, mijoz köpaysa, daromadni yanada oşiradi. Şu narsani tekşiriş maqsadida Ombudsmanga murojaat qilganda, ulardan rad javobini oldik», — degan Bobur Karimov.

Karimovning ta'kidlaşiça, tibbiyot xizmatlar taqdim etuvçi bozor iştirokçilari özaro kelişgan holda, yoxud mutanosib ravişda narxni oşirgan bölişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilligining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Antimonopoliya qömitasi tekşiruv ötkaziş maqsadga muvofiqligi yuzasidan Biznes-Ombudsman xulosasini söragan, qömita esa uşbu organni faqatgina xabardor qilgan holda mustaqil tekşirişlar amalga oşirişi mumkin.

Xulosa sörab, murojaat qilgan qömita xati yuzasidan Ombudsman tomonidan tibbiyot muassasalarida öpkaning MSKT xizmatlari narxlarining şakllanişi yuzasidan tekşiriş ötkazişga asoslar yetarli bölmaganligi sababli, uşbu tekşiruvlarni ötkaziş maqsadga muvofiq emas, degan mazmunda xulosa berilgan.

«Raqobat töğrisida»gi qonunning 11 moddasiga muvofiq, tovar yoki moliya bozorida özaro raqobatlaşayotgan xöjalik yurituvçi sub'yektlar, şu jumladan potensial raqobatçilar bölgan xöjalik yurituvçi sub'yektlar örtasidagi kelişib olingan harakatlar va kelişuvlar taqiqlangan. Şuningdek, moddaning törtinçi qismida uşbu moddada körsatilgan ta'qiqlar tovar bozorida umumiy uluşi 35 foizdan oşmaydigan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning kelişilgan harakati va kelişuvlariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan», — deyiladi Biznes-Ombudsman javob xatida.

Ombudsman vakilining ta'kidlaşiça, Özbekiston hududida 76ta xususiy va 100dan ortiq davlat tibbiyot muassasalari MSKT xizmatlarini amalga oşiriş imkoniyatiga ega. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan örganilgan 18ta xususiy tibbiyot muassasalarida (jami bunday xizmatlarni körsatuvçi muassasalarning 10 foiz qismi) bunday xizmatlarga 250 ming sömdan 400 ming sömgaça (eng past va eng baland narx örtasi 60 foiz farq) bölgan narxlarning belgilanişi uşbu sohada faoliyat yurituvçi tadbirkorlik sub'yektlari orasida kelişilgan harakatlar va bitimlar mavjudligini tasdiqlamaydi.

Şuningdek, hukumatning tegişli qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, MSKT xizmatlari narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli xizmatlar röyxatiga kiritilmagan.

7 dekabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanidan söng, Antimonopoliya qömitasi rasmiy saytida MSKT xizmatlarining narxlarini örganiş böyiça yangi ma'lumot e'lon qilindi.

Xabarda ta'kidlanişiça, MSKT xizmatlari narxlari oşişi holatini har tomonlama örganiş maqsadida Qömita tomonidan qöşimça ravişda Biznes-Ombudsmanning fikrini olişga qaror qabul qilingan va öz navbatida Biznes-Ombudsman tomonidan tekşirişga yetarli asos bölmaganligi sababli tekşiruvni ötkaziş maqsadga muvofiq emasligi bildirilgan. Bu esa MSKT xizmatlari bilan şuğullanuvçi korxonalarning Qömita tomonidan tekşirilişiga taqiq qöyiş hisoblanmaydi.

«Qömita tomonidan MSKT xizmatlari narxlari oşişi holatini sörovlar orqali örganiş işlari davom etayotganligi va zarur bölgan hollarda örnatilgan tartibda korxonalarda tekşirişlar ötkazilişi ma'lum qilinadi», — deyiladi xabarda.

Qömita joriy yil 12 oktyabr kuni MSKT xizmat narxlari keskin oşib ketgani yuzasidan örganiş olib borganini ma'lum qilgandi.