Toshkentda o‘pkani MSKT qildirish narxi keskin ko‘tarildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bu nega yuz berganini tushuntirdi
Respublikada, xususan, poytaxt Toshkentda epidemiologik vaziyat sababli, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan shoshilinch tibbiyot muassasalaridagi o‘pkaning multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) narxlari o‘rganildi.
Epidemiologik vaziyat aholi o‘rtasida o‘pkaning multispiral kompyuter tomografiyasiga (MSKT) bo‘lgan ehtiyoj ortishiga olib keldi.
Toshkentdagi xususiy klinikalardagi MSKT xizmatiga bo‘lgan narxlarning ko‘tarilishi natijasi o‘laroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida xususiy klinikalardan olingan ma'lumotlarga asoslanib o‘rganish o‘tkazildi, deyiladi ma'lumotda.
Dastlabki tezkor o‘rganishlar natijasida quyidagi ma'lumotlar aniqlandi. Unga ko‘ra, poytaxt bo‘ylab 18ta tibbiyot muassasasi tomonidan MSKT xizmati ko‘rsatilgan. Ushbu xizmatning umumiy qiymati 185 mlrd so‘mni tashkil etgan. Yakka tartibdagi xo‘jalik yurituvchi sub'yekt yoki shaxslar guruhi bozorida ustun mavqeyi mavjudligi aniqlanmagan.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra xizmat narxi 195 ming-400 ming so‘m oralig‘ida belgilangan.
Shuningdek, o‘rganishlar orqali ushbu xizmatning narxlari respublikadagi epidemiologik vaziyatga qadar 90 ming-150 ming so‘m oralig‘ida bo‘lganligi aniqlangan.
Tibbiy muassasalardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, taqdim etilayotgan xizmat narxlarining o‘sishiga MSKT xizmatlariga bo‘lgan talabning keskin ortishi, kasallanganlar soni ko‘payishi sabab. Ko‘plab tibbiyot muassasalari 24 soatlik ish rejimiga o‘tgan, bu esa uskunalarga ortiqcha yuklama tushishiga, ularning tez buzilishiga, qayta tiklash uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni doimiy ravishda sotib olinishiga olib kelgan.
Tibbiyot muassasalarning 24 soatlik rejimga o‘tganligi ortidan esa, muassasa xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanishiga olib kelgan. Bu ham, o‘z navbatida, xizmat narxlarining ko‘tarilishiga ta'sir ko‘rsatgan.
“Ayrim tibbiyot muassasalarining hisob-kitoblarini o‘rganish natijalari MSKT narxlarining oshishi xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari va individual yondashuvidan kelib chiqqan holda shakllanishining to‘g‘riligini ko‘rsatdi.
Respublikadagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, Qo‘mita xususiy tibbiyot muassasalarini MSKT xizmati uchun narxlarni asossiz oshirmasligiga ko‘rsatma berdi”, - deyiladi qo‘mita xabarida.
Ta'kidlanishicha, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘zlarining tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda yoki shartnoma asosida mustaqil ravishda sotish huquqiga ega.
Mavzuga oid
17:02
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024