Dunyodagi eng yirik qöriqlaş agentligi G4S AQŞdagi raqobatçisi Allied Universal tomonidan xarid qilinişiga rozi böldi. AQŞ kompaniyasi G4S’ga 3,8 mlrd funt sterling taklif qildi.
Reuters axborot agentligining xabar berişiça, G4S britan kompaniyasi avvalroq unga Kanadaning GardaWorld kompaniyasi bildirgan taklifga rad javobini berib, özi uçun maqbulroq bitimni tanlagan.
Kanadaning GardaWorld kompaniyasi sentyabrda G4S’ga 3 mlrd funt sterling taklif qilgan, ötgan hafta esa uşbu qiymatni 3,68 mlrd funt sterlinggaça oşirgan. Biroq G4S rahbariyati bu taklifni rad etib, AQŞ kompaniyasi foydasiga qaror qabul qilgan. G4S’ning Allied Universal’ga qöşilişi yillik tuşumi 18 mlrd dollarni taşkil qiluvçi kompaniyani taşkil qilişga imkon beradi. Kompaniyalar birlaşuvidan keyin umumiy xodimlar soni 750 mingdan oşadi.









