Eslatib ötamiz, 23 noyabrga tayinlangan sud majlisi ayrim sabablarga köra 9 dekabr kuniga qoldirilgan edi.
Bölib ötgan navbatdagi sud majlisida sudlanuvçilar Davlatjon Mallayev, Firdavs Ahrorov, Oybek Otaşev hamda Şoxboz Mirzojonovlar 31 may kun sodir bölgan voqea böyiça söroq qilindi.
Davlatjon Mallayevning sözlariga köra, u Söx-Farğona yönalişida taksiçilik qilib kelgan. 31 may kuni 12:30 lar çamasida köçaga çiqqanida Çaşmada janjal kötarilganini eşitgan, öşa tomonga odamlar ketayotganini körgan. Şunda u ham öz maşinasiga ötirib Çaşma buloğiga borgan. Töpolon kötarilgan joyga yetib borganda uning közi dastlab harbiylar va IIB xodimlariga tuşgan. Qirğizlar aslida bir kun avval bu uruşga tayyorgarlik körgan. Davlatjon Mallayev Çaşmaga borganida qirğizlar bu paytda allaqaçon çegarani buzib ötib, ov qurolidan söxliklarni otganini körgan. Hamqişloqlari qirğizlar tomonidan ayovsiz toşböron qilingan. Davlatjon Mallayevning aytişiça, u ham öz vatanini himoya qiliş uçun qirğizlar tomoniga toşlar uloqtirgan. U yonayotgan uylardagi ötni öçirişga uringan. Nazirjon Jörayevning devor ustiga çiqib uruşni töxtatişga uringanini körgan. Yonğin xavfsizligi bölimi maşinalari yonayotgan xonadonlar tomonga ötişga uringanida qirğizlar ularning yölini tösib ötkazmagan. Yonayotgan uylardagi ötni öçiriş uçun qölida belkurak işlatgani lavhaga tuşib qolgan.

Davlatjon Mallayevning qöşimça qilişiça, u qölga olingandan keyin tergovçilar tomonidan tazyiqqa uçragan.
Şundan söng sudlanuvçi Firdavs Ahrorov söroq qilindi. U böyoqçi (malyar) usta bölib işlaşini, janjal bölayotganini eşitib Çaşmaga borganini, mazkur buloqdan 15 ta mahalla suv içişini, agar suv töxtab qoladigan bölsa, söxliklarning ahvoli tang bölişini aytdi. Viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyev kelganda uni 6-7 metr uzoqlikdan körganini, sobiq viloyat hokimining “hammasi iziga tuşib ketadi” degan gapini eşitganini, boş vazir kelganida esa undan dadasi Qirğiziston fuqarosi bölganligi bois unga Özbekiston fuqaroligini berişda yordam berişini hamda özi sport bilan muntazam şuğullanib kelgani uçun sportga imkoniyat yaratib berişlarini söragan. Boş vazir uning bu murojaati bir oy içida hal bölişiga va'da berganini ta'kidladi. Firdavs Ahrorovning











