Uşbu Bitim doirasida Davlat aktivlarini boşqariş agentligining eksklyuziv moliyaviy maslahatçisi vazifasini Rothschild & Cie bajaradi.

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MÇJning bozordagi uluşi 2019 yilda qariyb 47 foizni taşkil etgan bölib (bu eng yaqin raqobatçidan taxminan 70 foiz köproq), Özbekistondagi gazlangan alkogolsiz içimliklarning eng yirik işlab çiqaruvçisi hisoblanadi. 

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd»ning işlab çiqariş quvvatlari Toşkent, Namangan va Urgançdagi uçta korxonadan iborat. Şuningdek, jamiyat zamonaviy omborxonalar tarmoğiga ega. Bundan taşqari, Samarqandda yangi korxonani quriş rejalaştirilgan. 

2019 yil 31 dekabrda yakunlangan ön ikki oylik davrda jamiyatning daromadi 1,4 trln sömni taşkil etdi va bu körsatkiç 2018 yil 31 dekabr holatiga qariyb 46 foiz ösişni körsatdi.