Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev forum avvalida ötkazilgan matbuot anjumanida tadbir uçun ketgan xarajatlar borasida ma'lumot berdi.
«Bir oylik tadbirlar uçun mahalliy budjetdan 2 mlrd sömga yaqin mablağ ajratilgan. Bu forum uçun jami xarajatning 30 foizini taşkil qiladi, qolgani homiylar kömagi asosida amalga oşirilmoqda. Umumiy xarajat hozirça aniq emas, çunki tadbirlar, sovğalar ulaşiş davom etyapti. Homiylar hozirgaça yordam berişyapti», deya Ortiqxöjayevning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
«Mahalliy budjet uçun pulni şunçaki özimiz qaror çiqarib emas, mahalliy kengaş deputatlari oldida himoya qilgandan keyin olamiz. Har bitta olinadigan sovğa, har bitta xarajatni ularga taqdimot qilib, isbotlab tuşuntirib keyin olamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatçilik nazorati juda kuçaygan. Ertaga bu xarajatlarimiz ham tarmoqlarda yoritilişi aniq. Biz bu xarajatlar nima uçun işlatilganini ipidan ignasigaça tuşuntirib berişga tayyormiz», dedi hokim örinbosari Durdona Rahimova.
Durdona Rahimovaga köra, hozirgaça forumda iştirok uçun 10 mingga yaqin yoşlar röyxatdan ötgan.
Forumning bugungi kun tartibiga köra, xalq ta'limi, moliya, madaniyat, adliya vazirlari, boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi rahbari Akmal Burhonovning yoşlar bilan uçraşişi rejalaştirilgan.












